Filial talabasi “Cтуденческие научные достижения” XIII Xalqaro ilmiy-tadqiqot tanlovining I darajali Diplomi bilan taqdirlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Davolash fakulteti 2-bosqich talabasi Jamshid Reymberganov Ikromovich “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.d., Abdullayev Ibodulla Qochqorovich rahbarligida 2021-yilning 20-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Penza shahrida o‘tkazilgan “Cтуденческие научные достижения” XIII Xalqaro ilmiy-tadqiqot tanlovida “Гирудотерапия в традиционной медицине и при лечении гипертонии” mavzusidagi maqolasi bilan onlayn ishtirok etib, I darajali Diplom bilan taqdirlandi.

 

Talabaning maqolasi Maqolalar to‘plamida nashr qilindi. Mazkur maqola to‘plamning 139-142 varaqlaridan joy olgan.

 

Talabamiz J.I. Reymberganov hamda uning ilmiy rahbari I.Q. Abdullayevlarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, ularning keyingi izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

 

30-40


photo-2021-11-22-20-01-02


photo-2021-11-22-20-01-04


image

TTA Urganch filiali matbuot xizmati