+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Giyohvandlikni davolashni rivojlantirishda muammolar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

2021-yil 22-noyabr kuni TTA Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Sog'liqni saqlash vazirligi bosh narkologi, Toshkent tibbiyot akademiyasi “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi mudiri, O‘zbekiston psixiatrlar Assotsiatsiyasi prezidenti Z.Sh. Ashurov tashabbusi va filial “Asab va ruhiy” kasalliklar kafedrasi hamkorligida Xalqaro qantashchilar ishtirokida “Giyohvandlikni davolashni rivojlantirishda muammolar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

 

Konferensiya ishida Rossiya federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mustaqil (внештатный) psixiatr-narkologi, Moskva shahri ilmiy-amaliy narkalogiya markazi direktori, Rossiya federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan vrach, Rossiya federatsiyasi diplomdan keyingi vrachlar malakasini oshirish akademiyasi “Narkologiya” kafedrasi mudiri, Rossiya federatsiyasi jamoatchilik palatasining a’zosi (xalq salomatligi, sport va turizmni rivojlantirish komissiyasi) t.f.d., professor E.A. Bryun hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2-respublika narkologik dispanserining bosh shifokori, Boshqird davlat tibbiyot universitetining “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi mudiri t.f.d., professor A.R. Asadullin, Z.Sh. Ashurov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni muhofazasi bo‘yicha o‘rinbosari U.X. Matnazarov, TTA Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev, “Asab va ruhiy” kasalliklar kafedrasi mudiri dotsent N.Y. Xudayberganov va yuqori kurs talabalari ishtirok etishdi.

 

Konferensiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Psixiatr va narkologlari ham Zoom platformasi orqali kuzatib borishdi.

 

Konferensiya davomida narkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni, ya’ni psixotrop moddalarga rujo‘ qo‘ygan shaxslarni yangicha usullarda davolash va davolashda profilaktik yondoshuvlarni joriy qilish va amalda qo‘llash borasida ma’lumotlar berildi.

 

Konferensiya yakunida mavzu doirasida ochiq suhbat o‘tkazilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Shundan so‘ng, filial direktori R.Y. Ruzibayev mehmonlarga filial ma’muriyati nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

1


2


3


3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


13


14

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.