+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filial “Umumiy jarrohlik, trvamatologiya va ortopediya” kafedrasi dotsenti vazifasida ishlagan marhum ustoz Davletov Kenjaboy Xudayarovich xotirasi sharafiga byust o’rnatildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tibbiyot sohasi rivojiga o’zining yangi kashfiyotlari bilan munosib hissa qо‘shib, filialda ko’p yillar davomida samarali faoliyat yuritgan ulug’ ustozlar xotirasi e’zozlanib byust o’rnatilishi an’anaga aylandi.

 

Navbatdagi byust 2021-yilning 10-sentabr sanasi zahmatli mehnatlari, ilmiy salohiyati, sermahsul ishlari bilan yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladigan insonlardan biri marhum ustoz t.f.n., dotsent Davletov Kenjaboy Xudayarovich xotirasi sharafiga o’rnatildi.

 

Tadbirda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i I.S. Xajiyev, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Abdominal jarrohlik bo’limi mudiri B.N. Quryazov, shifokorlar, filial rahbariyati, “Umumiy jarrohlik, trvamatologiya va ortopediya” kafedrasi xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda Davletov Kenjaboy Xudayarovichning yaqinlari va do’stlari ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida marhum ustozning go‘zal fazilatlari, ezgu niyat ila amalga oshirgan ishlari yodga olinib, ibratli hayot yo‘li, samarali mehnat faoliyati, ilmiy izlanishlari, insonlarga bo‘lgan munosabati xususida so‘z yuritilib, Qur’on tilovat qilindi.

 

Ustoz faoliyati haqida:

Davletov Kenjaboy Xudayarovich 1958-yil Qo’shko’pir tumanida tug’ilib, 2014-yil Urganch shahrida vafot etgan. Samarali ish faoliyati davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining “Umumiy jarrohlik, trvamatologiya va ortopediya” kafedrasi dotsenti vazifasida ishlagan. Ustoz 1982-yil Samarqand davlat tibbiyot unstitutini tugatgan. Shundan so’ng, Xorazm viloyat 1-son kasalxonasida internaturani o’tagan (1982-83). Keyinchalik Qo’shko’pir tuman Markaziy kasalxonasi qabul bo’lim mudiri (1983-84), Yangiyo’l shahar kasalxonasi travmatologi (1984), O’zbekiston travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti ordinatori (1984-86), kichik (1986-93) va katta ilmiy xodimi (1993-94) lavozimlarida ishlagan.

 

30 dan ortiq ilmiy ishlari, ratsionalizatorlik taklifi va kashfiyotlari bor. Shuningdek, Yaman davlatida ham shifokor bo’lib o’z ish faoliyatini olib borgan.


1


2


3


4


5


6


7

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.