+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Mustaqillik darslari davom etmoqda

Ma’lumki barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari uchun 6-sentabrdan tanishtiruv haftaligi, xususan mustaqillik darslari o’tkazilmoqda. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali barcha 1-bosqich talabalari uchun boshlang’ich hafta darslari mustaqillik darslari asosida olib borilmoqda.

 

Bugun, 8-sentabr kuni filialning ma’naviyat va ma’rifat hamda video-konferensiyalar zallarida filial Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqini o’rganish bo’yicha tayyorlangan ma’ruza va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi F.E. Atajonova tomonidan “Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamalakatiga aylanmoqda” mavzusida ma’ruza o’qildi.

 

Ma’ruzalar davomida mustaqillik yillari mobaynida amalga oshirilgan islohotlar, rivojlanishlar, shuningdek, so’nggi yillarda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlar, qulayliklar va shart-sharoitlar haqida ham alohida to’xtalib o’tildi.


1


2


3


4


5


6


7

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.