Muqaddas ayyom - Qurbon hayit bayrami muborak bo‘lsin!

q-2

Hurmatli Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari, Sizlarni va sizlar orqali oila a’zolaringizni muqaddas ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 

Muborak Qurbon hayiti mohiyatida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash mujassam.

 

Fursatdan foydalanib, o‘z sohasining ilg‘or mutaxassisi va filialimizning namunali a’zosi sifatida yurtimizda tibbiyotni yanada rivojlantirish va xalqni rozi qilish yo‘lida qatiyat bilan ibratli ishlarga bosh bo‘lishingizga hamda muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini teran his qilgan holda, yangidan-yangi muvaffaqiyat cho‘qqilarini zabt etishingizda o‘z bilim va tajribalaringizga tayanib, mamalakatimiz taraqqiyotiga hissangizni qo‘shishingizda ulkan zafarlar tilayman.

 

Ushbu qutlug‘ ayyom barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy hotirjamlik, baxtu saodat, quvonchu shodlik olib kelsin! Xonadoningizda fayzu baraka va osoyishtalik ziyoda bo‘lsin!

 

 

Hurmat va ehtirom ila

TTA Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev