+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida bepul koronavirusga qarshi emlash ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, koronavirusdan eng samarali himoya – vaksina deb topildi. Shuning uchun ham hozirgi kunda Respublikamiz bo’ylab barcha tibbiyot punktlari, davlat tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida COVID-19 ga qarshi emlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida ham professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar uchun bepul koronavirusga qarshi emlash ishlari yo’lga qo’yilgan.

2021-yilning 16-iyul sanasi filialda tahsil oluvchi bir guruh turkmanistonlik va mahalliy talabalar ixtiyoriy ravishda o’z salomatliklarini asrash maqsadida emlash jarayonida faol ishtirok etishdi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, shu kunga qadar filialda jami 329 nafar professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar birinchi doza bilan, 39 nafar professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar ikkinchi doza bilan emlandi.

Vaksina olmoqchi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar filial Xodimlar bo’limiga, shuningdek, talabalar tegishli fakultet dekanlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Vaksinatsiya jarayoni soat 9:00 dan 14:00 gacha bo‘lib, oluvchilar pasportlari bilan borib, ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, vaksinatsiya homilador, emizikli, allergik va surunkali kasalliklari mavjud bo’lgan talabalar hamda ishchi-xodimlarda amalga oshirilmadi.







 

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.