+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Sohaga oid Prezident farmon va qarorlari amalda” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Ta’lim sohasini tubdan takomillashtirishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari har bir sohada keng joriy etilib, jamiyat hayotida transformatsiya jarayonlari jadallashmoqda. Ta’lim sohasida yangi fanlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalari yaratilayapti. Davlatlar o‘rtasida “aql egalari” uchun kurash avj olib bormoqda.

Shu ma’noda, tobora globallashib borayotgan dunyoda sifatli kadrlar tayyorlash masalasi har bir davlatning kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil ekanligi yanada oydinlashib borayotir.

Shu maqsadda keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini izchil rivojlantirish borasida aniq, izchil va keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganini ta’kidlash lozim. Bu sohaga oid o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilindi.

Mazkur farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar samaradorligini ommaga keng ochib berish maqasadida, joriy yilning 14-iyul sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Sohaga oid Prezident farmon va qarorlari amalda” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda filial direktori R.Y. Ruzibayev, matbuot kotibi S.R. Sotimboyeva, TTA Urganch filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupov, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, ishchi-xodimlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida Prezident farmon va qarorlari asosida TTA Urganch filialida amalga oshirilgan ishlar hamda yangi joriy etilgan fakultetlar, ta’lim yo’nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va shtatlar, lavozimlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berilib, “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati keng ochib berildi.

Anjuman yakunida ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.