+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Hindistonning nufuzli tibbiyot markazi xodimlari bilan xalqaro hamkorlik asosida uchrashuv o‘tkazildi

    Joriy yilning 6-iyul sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Hindistonning nufuzli tibbiyot markazi xodimlari bilan o‘zaro hamkorlik asosida filial klinikasida buyrak transplantatsiyasi uchun nefrologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan tibbiy markaz tashkil etish borasidagi amaliy rejalar yuzasidan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

    Ushbu uchrashuvda Nefrologiya va transplantologiya bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega mohir mutaxassis doktor Saurab Poxriyal, “Manipal” kasalxonasi Urologiya bo‘limi boshlig‘i doktor Sanjay Gogoi, “VGLOBAL” direktori janob Vivek Madheya, “BLOMPHASE SERVICES” direktori xonim Rekha Singh hamda filial direktori R.Y. Ruzibayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.A. Duschanov, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.R. Sapayev, Urolog, nefrolog O. Ataxanovlar ishtirok etdi.

    Muloqot davomida ikkala tomon imkoniyatlari va buyrak transplantatsiyasi jarayonida operatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazuvchi qurilmalar mavjudligi va boshqa shu kabi sharoitlar o‘rganilib, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun birlamchi tayyorgarliklarni ko‘rish va amaliy harakatni boshlash maqsadida Hindiston delegatsiyasi TTA Urganch filialiga joriy yilning sentabr-oktabr oylari oralig‘ida tashrif buyurishlari xususida kelishib olindi.





TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.