+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Ginekologik laparoskopik operatsiyalarni COVID-19 davrida spinal anesteziya ostida qo‘llash” mavzusida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi

2021-yilning 3-iyun sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Fribourg universiteti va Fribourg Kantonal kasalxonasi (Shveytsariya) bilan hamkorlikda “Ginekologik laparoskopik operatsiyalarni COVID-19 davrida spinal anesteziya ostida qo‘llash” mavzusida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

 

Konferensiyani viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Matnazarov, viloyat perinatal markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori S.Matyaqubova, TTA Urganch filiali direktori R.Ruzibayev hamda Fribourg Kantonal kasalxonasi professori Attilla Mayor o‘z kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

 

Konferensiyaning birinchi qismida Shveytsariya, Fribourg Kantonal kasalxonasi professori Attilla Mayor, filial “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor Q.Jumaniyazov, filial “Ichki kasalliklar va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Yusupova, “Medline” klinikasi anesteziologi R.Jabbarov va boshqa shifokorlar yordamida amalga oshirilgan spinal anesteziya yordamida ginekologik laparoskopik operatsiya jarayoni onlayn translatsiya orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarrohlik xonasidan konferensiya ishtirokchilariga yetkazib berildi.

 

Mazkur ginekologik laparoskopik operatsiya muayyan meditatsiya usulida (Trendelenburg holati va pay pnevmoperitoneum bosimi) olib borilib, umumiy anesteziyadan ko‘plab afzalliklari bilan farq qildi.

 

Konferensiyaning ikkinchi qismida Karl Storz kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori A.Alimuhamedov - “Laparoskopiya simulyatorlarida amaliy mashqlar (Karl Storz texnologiyasidan foydalangan holda)”, “Medline” klinikasi anesteziologi R.Jabbarov - “Laparoskopik operatsiyada spinal anesteziyadan foydalanishning afzalliklari. Ginekologik laparoskopik operatsiyada spinal anesteziyani trendelenburg holatida qo‘llash. Anesteziologning fikri”, Viloyat perinatal markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori S.Matyakubova - “COVID-19 pandemiyasining homiladorlikka ta’siri”, TTA Urganch filiali “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor Q.Jumaniyazov - “Ginekologik laparoskopik operatsiyalarda spinal anesteziyaning qo‘llash tajribasi”, filial “Ichki kasalliklar va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Yusupova - “Laparoskopik jarrohlik: COVID-19 pandemiyasi paytida umumiy va spinal anesteziyaning afzallik va kamchiliklari”, UrDU doktoranti O.Saidmamatov - “Tibbiyot bo‘yicha O‘zbekiston-Shveytsariya sherikligi: tarixi, hozirgi holati va istiqbollari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

 

Konferensiya davomida hozirgi koronavirus davrida mazkur amaliyotning bajarilishi ingalyatsiya ya’ni intubatsiya, ekstubatsiya orqali bemorga COVID-19 virusining yuqish xavfini kamaytirishi hamda amaliyot jarayonida ishtrok etuvchi tibbiyot xodimlarini ham virusga chalinishini oldini olishi bilan ahamiyatli ekanligi, shuningdek, bu usulda amaliyot bajarilganida bemorda og‘riq sezilmasligi va har taraflama kamharjligi bilan ajralib turishi ta’kidlandi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur turdagi amaliyot filialimiz xodimlari tomonidan 1037 nafar inson tanasida amalga oshirilgan bo‘lib, ularning barchasi muvoffaqiyatli yakunlangan va yaxshi natijalarga erishilgan. Bu kabi amaliyotlar Urganch shahrida, bizning filialimizning moharatli, kuchli shifokorlari tomonidan amalga oshirilib turgani esa juda ham quvonarli holat.

 

Konferensiyada ishtirok etayotgan viloyat tibbiyot muassasalari shifokorlari, filial magistrlari va klinik-ordinatorlari hamda talaba-yoshlari mavzu borasidagi o‘z savollari, taklif va tashabbuslari bilan faollik qilishdi.


1


2


3


4


5


6


7


8

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.