“Biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasidagi ishlar davom etmoqda

2021-yilning 3-iyun sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasida “Klinik anatomiya va gistologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Madaminova Go‘zal  Ibragimovna boshchiligidagi tibbiy brigada Urganch shahridagi “Besh-Mergan” mahallasida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Raxmetova Nargiza, Bobojonova Sevara xonadonlariga tashrif buyurilib, ular holidan xabar olindi va ularga aksiya doirasida yig’ilgan pul mablag’lari hamda kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi.

 

Tashrif davomida xonadon egalari filial professor-o’qituvchilari tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar va maslahatlar berildi.

 

Bu xayriya aksiyasini o‘tkazishdan maqsad filialga biriktirlgan mahallardagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, xastaligi bor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bepul tibbiy maslahtalar berishdan iborat.


photo-2021-06-02-15-03-49


photo-2021-06-02-21-48-19

TTA Urganch filiali matbuot xizmati