+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Mahallabay” tizimi doirasida “Biz birgamiz!” xayriya aksiyasi tashkil etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Mahallabay” tizimi doirasida “Biz birgamiz!” xayriya aksiyasini tashkil etib, 2021-yilning 2-iyun sanasi filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida filialga biriktirilgan mahallalarda, jumladan, Urganch shahar “Gulzor” mahallasida bo‘lib, onkologik kasallik bilan dispanser nazoratiga olingan bemorlar hamda “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurishib, ular holidan xabar olishdi. Xonadon egalariga esdalik sifatida kitoblar jamlanmasi sovg’a qilinib, aksiya doirasida yig’ilgan mablag’lardan moddiy yordam ko’rsatildi.

 

Shuningdek, “Biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasida Urganch shahar “Gulzor” mahallasida joylashgan viloyat qon quyish markazida bo‘lib, bemor bolalarga yangi hayot baxsh etish maqsadida filial direktori R.Y. Ruzibayev, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar donorlik qilishdi.

 

Bundan tashqari, filial musiqiy ansambl jamoasi ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida bo‘lib, shu yerda davolanayotgan bemorlar uchun maxsus bayram konsert dasturini tashkil qilindi. Aksiya doirasi yig‘ilgan pul mablag‘lari (umumiy hisobda 1 mln. 200 ming so‘m) bemorlarga hadya qilindi.

 

Mazkur aksiya doirasidagi keyingi tashrif 3-iyun kuni Urganch shahar “Besh-mergan” mahallasidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar xonadoniga bo’lishi rejalashtirilgan.


1


2


3


4


5


6


7


8


9


10

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.