+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali akademik litseyi o‘qituvchisi Gulnora Xudayberganovaning “Axborot texnologiyalari” nomli hammualliflikdagi tayyorlagan o‘quv-uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta ustuvor tashabbusi doirasida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarori ijrosi yuzasidan TTA Urganch filiali “Yo‘l xaritasi”ning 3,8 va 11-bandlari talablarining ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yilning 31-may sanasi TTA Urganch filiali akademik litseyning Informatika fani o‘qituvchisi G.T. Xudayberganovaning “Axborot texnologiyalari” nomli hammualliflikdagi tayyorlagan o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Taqdimot tadbirida so‘zga chiqqanlar ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma litsey o‘quvchilari hamda qiziquvchilar uchun mo‘ljallanganligi, unda axborot texnologiyasi eng muhim jihatlari tanlab olinib, ushbu mavzularning ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish mazmuni yoritilganligi, eng asosiysi o‘quv-uslubiy qo‘llanma mavzulari va ishlanmalari o‘quvchilar uchun sodda va tushunarli qilib yoritib berilganligini ta’kidladilar. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma Urganch davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi va mazkur universitetning “Umuminjenerlik fanlari” kafedrasi bilan hamkorlikda tayyorlangan bo‘lib, o‘quvchi yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan bilimini yanada mutahkamlaydi va qiziqishlarini oshiradi.

 

Taqdimot yakunida o‘quvchi-yoshlar qo‘llanmaning chop qilinishi akademik litsey o‘quvchilarining faxri sifatida e’tirof qilishib, o‘zlarining ijobiy fikrlarni ham bayon etdilar.


photo-2021-05-31-12-13-13


photo-2021-05-31-12-13-14-2


photo-2021-05-31-12-13-14


photo-2021-05-31-12-13-15-2


photo-2021-05-31-12-13-15

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.