+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Yosh olimalarni ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

2021-yilning 29-may sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Xorazm viloyat hokimligi, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi, Urganch davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Xorazm ma’mun akademiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi doirasida “Yosh olimalarni ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

 

Anjumanning asosiy maqsadi – yosh olimlarning ilmiy manfaatlarini himoya qilish, yosh olim va mutaxassislarning professional o‘sishi va jamoatchilik ishida faolligini oshirish hamda ularning innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini ommalashtirish hamda yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb etishdan iborat.

 

Anjumanda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi, iqtisod fanlari nomzodi, dosent M.Iskandarova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU  Urganch filiali Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.I. Ramanova, filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.B. Abdullayev, filial “Mikrobiologiya” kafedrasi biologiya fanlari nomzodi, dosenti B.S. Samandarova, “Mikrobiologiya” kafedrasi biologiya fanlari nomzodi, dosenti Z.S. Allaberganova, “Fakultet va gospital terapiya” kafedrasi tibbiyot fanlari nomzodi, dosent M.R. Rahmetova, “Gigiyena va umumiy gigiyena” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi O.B. Yusupova, ARM direktori Sh.J. Sultanovalar hakam sifatida ishtirok etishdi.

 

Anjuman davomida filial professor-o‘qituvchilari viloyatda mavjud oliy ta’lim muassasalarining magistrlari hamda talabalari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

Anjumanda qilingan ma’ruzalar yuzasidan yosh izlanuvchilarning xato va kamchiliklari hamda yuqtuqlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar va maslahatlar berildi.


1


2


3


4


5


6


7


8


9


10

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.