+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida navbatdagi 12-sonli filial Kengash majlisi bo’lib o’tdi

TTA Urganch filialida navbatdagi 12-sonli filial Kengash majlisi o’tkazildi.

 

Filial Kengashi kun tartibida “TTA UF da Yakuniy Davlat Attestasiyasiga tayyorgarlik” to’g’risida Davolash fakulteti dekani O.O. Masharipov va Pediatriya fakulteti dekani Sh.A. Sapayeva, “Yozgi malakaviy amaliyotga tayyorgarlik” to‘g‘risida Yozgi malakaviy amaliyot bo‘yicha mas’ul B.A. Ruzmetov, “TIJ konferensiyalari va Respublika fan olimpiadalari qatnashchilari to‘g‘risida” Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig‘i Sh.Q.Yo‘ldoshova ma’lumotlari hamda “Filial kafedralarida ochiq amaliy mashg‘ulotlar, ochiq ma’ruzalar, muammoli ma’ruzalar, integral ma’ruzalar olib borilishi” bo‘yicha filial o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i  R.X. Karimov hisoboti va turli masalalar ko’rib chiqildi.

 

Shuningdek, yaqindagina o‘tkazilgan “Лучший молодой ученый СНГ-2021” xalqaro ko‘rik-tanlovida o‘z ilmiy izlanishi bilan ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Davolash fakulteti 2-bosqich talabasi Tadjiddinova Go‘zal hamda Pediatriya fakultetining 3-bosqich talabalari Bekberganova Yulduz va Otajanova Dilfuzalarga birinchi darajali “Yosh olim-2021” ko‘krak nishoni, xalqaro darajadagi diplom, ilmiy maqola to‘plami va ilmiy rahbariga tashakkurnoma tantanali ravishda taqdim etildi.

 

Bundan tashqari, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Astraxan Davlat Universiteti va Astraxandagi O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirish va saqlash ijtimoiy tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbirda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va talabalar nomiga taqdim etilgan tashakkurnomalar topshirildi.

 

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o‘tkazilgan “I xalqaro anatomik rasmlar tanlovi”da ishtirok etib, 3-o‘rinni egallagan Davolash fakulteti 3-bosqich talabasi Annabayeva Jannat, shu bilan birga Toshkent tibbiot akademiyasida tashkil etilgan “Ibn Sino izdoshlari” Xalqaro onlayn fan olimpiadasida faol ishtirok etgan va yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir qator talabalar Kengash raisi va uning a’zolari tomonidan samimiy muborakbod etildi.


1


2


3


4


5

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.