+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Morfologiyaning COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirishga va bu sohada ham xorijlik olimlar bilan hamkorlikda ishlash masalalariga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7- dekabrdagi PF-5590 “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yiliga mo‘ljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yilning 10-12 may kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Morfologiyaning COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq dolzarb muammolari”  mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani onlayn tarzda o‘tkazildi.

 

Anjumanda nafaqat respublikamizning juda ko‘plab tibbiyot maskanlaridan balki, xorijiy davlatlardan, jumladan, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Qazog‘iston davlatlaridan tajribali olimlar, yetuk mutaxassislar ishtirok qilishdi.

 

Mazkur anjumanning xalqaro miqyosida o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad: COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot sohasidagi yangiliklar, muammolar yuzasidan taniqli olimlar, yetuk mutaxassislar bilan o‘zaro fikr almashish, o‘rtoqlashish va tajriba almashish, ularni amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir.

 

Anjuman Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev kirish so’zi hamda O’zbekiston Respublika patologik anatomiya markazi direktori R.I. Isroilov,  Respublika bosh patologoanatomi B.A. Magrupov, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari S.K. Salayev, Toshkent tibbiyot akademiyasi O’quv ishlari bo’yicha prorektori Sh.A. Boymuradovlarning tabrik so’zlari bilan boshlandi.

 

Anjumanda “Patologik anatomiya xizmati muammolari”, “Sud-tibbiy xizmat muammolari”, “Patologik fiziologiya muammolari”, “Infeksion kasalliklar muammolari”, “Terapevtik kasalliklar muammolari” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 3 ta shoʻbada ma’ruzalar qilindi.


1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


11

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.