+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialga bolalar jarrohligi bo’yicha Rossiya va Isroil davlatidan mutaxassislar tashrif buyurdi

1

2021-yilning 9-may sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan shifokor, “Ivano-Matreninskaya bolalar klinik shifoxonasi” neonatal jarrohlik markazi rahbari, Sibir federal okrugining bosh bolalar jarrohi (Irkutsk, Rossiya) – t.f.d., prof. 2 Yuriy Andreyevich Kozlov, Assuta universiteti tibbiyot markazining bolalar jarrohligi bo’limi boshlig’i, doktor - Vadim Kapuller, Barzilay tibbiyot markazi bolalar pulmonologiyasi bo’limi rahbari doktor 3 Alina Avenshteyn (Ashkelon, Isroil), Respublika perinatal markazi o’quv-metodik va davolash neonatal jarrohlik bo’limi mudiri, t.f.d., prof. B.B. Ergashev (Toshkent, O’zbekiston) tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar filial binosi, o’quv xonalari, kutubxona sharoitlari bilan yaqindan tanishib, talabalar ta’limi uchun yaratilgan bu kabi imkoniyat va e’tibor yuqori darajada tashkil etilganligini e’tirof etishdi.

Shundan so’ng, filial direktori R.Y. Ruzibayev bilan birgalikda kelgusida bolalar jarrohligi bo’yicha ilmiy salohiyatli mutaxassis kadrlar yetishtirishni kuchaytirish, ularning malakasini oshirish hamda o’zaro hamkorlik asosida mutaxassislar almashuvini yo’lga qo’yish masalalari xususida muzokara olib borildi.

Muzokara chog’ida bolalar jarrohligi bo’yicha Rossiyaning Irkutsk tibbiyot universiteti bazasida malaka oshirish uchun filial professor-o’qituvchilarini yuborish, Isroil delegatsiyasi ishtirokida esa mahorat darslarini o’tkazish borasidagi takliflar muhokama qilindi.

 


1-1


22


33


44


55

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.