+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamisha xalqimiz ardog’ida

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag’rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

 

Toshkent tibbiyot akdemiyasi Urganch filiali Ma’naviyat-ma’rifat va yoshlar bilan ishlash bo’limi tashabbusi bilan 2021-yilning 5-may sanasi “Gospital va poliklinik pediatriya” kafedrasi dosenti   t.f.n., murabbiy K.D.Nazarov va 323 “B” guruh talabalari “9-may – Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1925-yilda tug’ilgan Iskandarov Vapa ota xonadonida bo’lib, fidokorona xizmatlari uchun tashakkur bildirishdi va esdalik sovg’alarini tuhfa etishdi.

 

Qahramonimiz bugungi kunda Qo’shko’pir tumanida istiqomat qiladi.  1943-1945 yillarda  ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Vapa ota ko’zlarida yosh aylanib bugungi hayotimizdan qanchalik xursand ekanligini, mamlakatimizda ularga ko’rsatilayotgan hurmat-ehtiromdan, yurtimizdagi to’kin sochinlik, tinchlikdan mamnunligini bildirib, yurtboshimizga o’z minnatdorchiligini izhor etdi.  

 

Vapa ota suhbat chog’ida boshidan kechirgan sovuq urushning ayanchli kunlari, dushmanlarga qarshi frontdagi qahromonliklari hamda quroldosh do’stlari bilan yelkama-yelka turib dushmanlarga qarshi kurashganliklari haqida to’lqinlanib hikoya qilib berdi.

 

Ma’lumot uchun aytish kerakki, hozirgi kunda Xorazm viloyatida 17 nafar urush qatnashchilari umrguzaronlik qilishmoqda.


photo-2021-05-06-09-38-09


photo-2021-05-06-09-38-44

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.