+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Qadring va qadding baland bo‘lsin qizlarjon!”

2021-yil 1-may sanasida filialda tahsil olayotgan 1-bosqich talaba-qizlar bilan filial Xotin qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi F.E. Atajanova, “Pediatriya” fakulteti dekani Sh.A. Sapayeva va filial psixologi D.Sh. Avazyazovalar tomonidan “Qadring va qadding baland bo‘lsin qizlarjon!” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

 

Suhbat davomida F.E. Atajanova qizlarga filial ichki tartib qoidalarini eslatib o‘tdi va kiyinish odobi, talaba qizlarning yurish-turishi, ahloqi masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

 

D.Sh. Avazyazova talabalarga yigit va qizlar psixologiyasi haqida ma’lumot berib, ular o‘rtasidagi shaxsiy, intim munosabatlarning psixologik mexanizmlari mohiyatini ochib berdi. Shuningdek, ularning o‘spirinlik davrida ekanligini aytib, bu davrda organizmda ro‘y beradigan gormonal o‘zgarishlar natijasida yoshlarda sevish va sevilishga nisbatan ehtiyoj ortishi natijasida kelib chiqadigan nomaqbul xatti-harakatlardan saqlanishga chaqirdi.

 

Sh.A. Sapayeva ushbu mavzu doirasidagi murojaatlarni hal qilishda filial ma’muriyati amaliy yordam ko‘rsatishga hamisha tayyor ekanligini bildirdi.


1


2


3


4

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.