+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda ingliz dramaturgi, shoir va aktyor Uilyam Shekspir tavalludi munosabati bilan “Ingliz tilining tibbiyotdagi o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etildi

Xalqaro darajadagi har qanday kasb egasi uchun chet tillarini, ayniqsa, rus, ingliz va nemis tillarini bilmasdan dunyo miqyosidagi bilimlarni va chet el tajribasini o’rganish juda mushkuldir. Mamlakatimizda aynan shu maqsad ostida tibbiyot oliygohlari talabalarida ham chet tillari bo’yicha mukammal bilimni shakllantirish, amaliyotda bevosita til ko’nikmalarini oshirish talabalarni til o’rganishga ishtiyoqini kuchaytirish va ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-sonli Qarorida chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalariga (mutaxassislik fanlari “qoniqarli” bahoga o‘zlashtiriayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.

 

Yuqorilardan kelib chiqqan holda 2021-yilning 29-aprel sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida til o‘rganayotgan va ko‘plab xorijlik talabalar bilan birga tibbiyot ilmining sirlarini kashf etayotgan yosh izlanuvchilarga ingliz tilining ahamiyatini yanada chuqurroq tushuntirish va Uilyam Shekspir ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ingliz tili” kafedrasi hamda Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi bilan hamkorlikda ingliz dramaturgi va Uyg‘onish davrining shoiri, qirol truppasi aktyori Uilyam Shekspir tavalludi munosabati bilan “Ingliz tilining tibbiyotdagi o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etildi.

 

Tadbir davomida tibbiyot va ingliz tili o’rtasidagi bog’liqlikning ahamiyati keng ochib berilib, filialda ta’lim olayotgan har bir millat vakillari tomonidan o’zlarining milliy kuy-qo’shiqlari va raqslari ijrosi hamda Shekspir ijodi namunalaridan sahna ko’rinishlari namoyish etildi. 

 

Tadbir so’ngida direktor R.Y. Ruzibayev barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashganliklari uchun tadbir tashkilotchilariga hamda talabalarga samimiy minnatdorchilik bildirib, tadbirda o’z iqtidorini namoyon etib, faol ishtirok etgan shijoatkor yoshlar alohida taqdirlanishini ta’kidladi.


1


6


7


10


11


12


14


15


16


17

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.