+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Kafedra tarixi

«Umumiy amaliyot pediatrlarini tayyorlash» kafedrasi filial direktorii B.A Duschanov 1999 yil 2 sentyabr 1 sh № 2 sonli buyrugi bilan yangidan tashkil etildi. 2006-2008 o’quv yilidan boshlab esa «Gospital va poliklinik pediatriya» kafedrasi deb nomlana boshlandi. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Munis Ruzibaevich Xudayberganov tayinlangan va xozirgacha ishlab kelmoqda. Kafedra yangidan tashkil qilingan vaqtda R.M.Ruzibaeva, O.A Ruzimova, V.M.Sitdikova, B.B.Razzakov va M.K Egamovlar assistentlik lavozimiga ishga kabul kilindilar.

 

     M.B.Olimova, F.R.Abduraxmanova, A.Nurullaeva pediatriya fanidan klinik ordinaturni shu kafedra negizida utdilar. Kafedra laborantligiga Yu.E.Raxmanova ishga kabul kilindi. Xozirgi kunda kafedrada P.R.Alieva, G.M.Djumaniyazova, R.T.Masharipova, X.K.Masharipova, M.B.Nazarova. D.S.Raxmonova,  Z.Sh.Salaeva U.U.Yusupovalar assistent bo’lib, Z.I.Matsaidova esa labaront bo’lib ishlab kelmoqdalar.

 

     2007 yildan boshlab R.B.Nurullaev kafedrada 0,25 stavka professor lavozimida ishlab kelgan. G.M.Djumaniyazova 2007-2008 va 2015-2016  o’quv yilidan boshlab katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelgan..

 

     Kafedra filial va pediatriya fakultetining asosiy o’quv birligi xisoblanadi. Asosan kafedrada pediatriya fakultetining 5- 6-7 kurs talabalari gospital pediatriya, poliklinik pediatriya, neonatologiya, va shoshilinch pediatriya fanlaridan, davolash fakultetining 6-7 kurs talabalariga pediatriya, neonatologiya fanlaridan amaliy mashgulotlar o’tkaziladi va ma’ruzalar o’qiladi. Kafedra bazasi Viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi shifoxonasi, Viloyat perinatol markazi, Urganch shaxar 3-sonli oilaviy poliklinikalari belgilandi. Kafedra xodimlari bu yerdagi bemorlarni davolash, konsultatsiya qilish jarayonlarida bevosita ishtrok etadilar. Yana shuningdek viloyat soglikni saklash tizimida tibbiyotga bagishlab o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda kafedra xodimlari bevosita ishtirok etib kelmoqdalar.

 

Kafedra xodimlari talabalarda milliy goya, mafkura, ma’rifat-manaviyatni shakllantirish borasida xam, O’tmishimiz va tariximizni anglashda xam, mustaqilligimizning tubdan moxiyatini bilishlarida xam,yurtimizda kechayotgan chuqur iqtisodiy isloxatlarni oydinlashtirishda xam bevosita ishtirok etib kelmoqdalar, o’quv jarayonlarini, ularga berilayotgan ta’lim va tarbiyani ana shular bilan uygunlashtirib olib bormodalar.

 

Kafedrada ilmiy – pedagogik, pedagogik xodimlarini tayyorlashga, ularni muntazam ravishda malakalarini oshirib borishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Kafedra mudiri t.f.n. dotsent M.R. Xudayberganov raxbarligida esa «Kasalxona ichi infektsiyasini etiologiyasi, davosi va profilaktikasi» mavzusida kafedra xodimlari ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.M.R.Xudayberganov xalqaro va respublika miqyosida tibbiyotga bagishlab o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda bevosita uz ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Kafedra  tomonidan «Bolalar kasalligi» (asosiy o’quv adabiyoti), «Chasto boleyuhie deti» (monografiya) nashirdan.chiqarilgan.

 

 

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.