+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI

 

 

 

OLIMOVA DONO SHOKIROVNA

Kafedra   mudiri,  t.f.n.dotsent

Tel: +99(890)-648-65-90 

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  

 

 

 

 

 

 1992 yil 28 fevral – Prezident I.A.Karimovning 1992 yil 28 favraldagi Farmoni asosida Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti  Urganch bo’limi ochilgan;

- 1992 yil 26 avgustda – bo’limda “Tillar” kafedrasi tashkil etilgan, kafedra mudiri etib katta o`qituvchi Ro`zmetova D. tayinlangan. Dastlabki o`quv yilida kafedrada 210 nafar talabaga nemis, ingliz, lotin, o`zbek va rus tillaridan mashg`ulotlar tashkil etilgan.

- 1998 yil 2 sentyabr – kafedra Birinchi ToshDavTI filialida faoliyat ko’rsata boshlab, hamkorlik doirasida Toshkent, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlari bilan mustahkam aloqalar o`rnatildi.

2002 yilda filialning 10 yilligi munosabati bilan kafedra o`qituvchilari D.O.Ro`zmetova, R.S.Solihova, D.P.Matnazarova, M.J.Abdullayeva, A.Sh.Atadjanova va N.J.Mahmudovalar katta tadbir tayyorladilar. Unga filial rahbariyati bilan bir qatorda Chegara bilmas shifokorlar fondidan chet ellik mehmonlar taklif qilindi.

- 2005 yil sentyabrdan – kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shu yili 17 martda o`qituvchi N.J.Mahmudova “Avesto”da ahloqiy tarbiya to`g`risida” va 19 oktyabrda o`qituvchi G.M.Egamberdiyeva “Ertak tip syujetli Xorazm dostonlari poetikasi” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar.

- 2009 yil sentyabr – kafedra “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tarkibiga kushilgan;

- 2013  yil avgustda – kafedra “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi va “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi nomi berildi;

- 2015 yil sentyabr – kafedra qayta “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tarkibiga qo'shildi.


Olimova Dono Shokirovna - pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, pedagogika, psixologiya fanlaridan ma`ruzalar o`qib, amaliy mashg`ulotlar o`tkazadi. Oliy o’quv yurtidagi ish malakasi 18 yil bo`lib, bu yillar davomida 50 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanmalar hamda ilmiy maqolalar muallifi bo’lgan. D.Sh.Olimova O`zbekiston Respublikasi “Adolat” SDP viloyat kengashi deputati. “Olima” uyushmasi a`zosi va bir qancha viloyat va respublika ko`rik tanlovlari g`olibi. Respublika konferensiya va seminarlari ishtirokchisi.  Sankt-Peterburgda Mishchenko nomidagi qayta tayyorlash institutida, BuxDUda malaka oshirgan. Hozirda kefedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Umumiy ish staji: 27 yil

Pedagogik staj: 25 yil


 Maxmudov Madirim Maxmudovich, tarix fanlari doktori (13.4.1992), professor (1995). ToshDUni tugatgan (1972). Meqnat faoliyatini 1966 yilda maktabda katta pioner vojatiylikdan boshlagan Keyinchalik "Spesmontajstroy" tresti Tuyamo’yin bo’limida elektrik (1967), Toshkent samolyotsozlik zavodida traktorchi va master yordamchisi (1968-1972), qarbiy xizmatchi (Tinch okean floti, 1972-1973), ToshDavTI o’qituvchisi (1974-1980) va katta o’qituvchisi (1980-1982), Toshkent politexnika instituti dotsenti (1982-1988), O’zKP MK xuzuridagi Partiya tarixi instituti katta (1988-1990) va O’zFA Tarix instituti yetakchi ilmiy hodimi (1990-1992) lavozimlarida ishlagan. "O’rta Osiyoda tibbiyot va sog’liqni saqlash ishlarining rivojlanishi (1867-1924)" mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan (23.1.1992). 120 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. 1994 yildan O’zR. FA qoraqalpoqiston bo’limi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti qoshidagi Ixtisoslashtirilgan Kengash va 2012 yildan "Ilm sarchashmalari" (UrDU) jurnali muharriyati a'zosi hisoblanadi.


Atadjanova Anna Shamuratovna - rus tili o’qituvchisi. 100 dan ortiq ilmiy maqolalarga ega. Xalqaro, respublika darajasidagi nashrlari - ilmiy maqolalar va tezislar, tibbiyot talabalari uchun “Rus tili”-  elektron o’quv qo’llanmasining muallifi. ‘Rus dinyosi” (Rossiya) fondi bilan hamkorlikdagi xalqaro grant va ”Fond forum”- pedagogik dasturlar Respublika granti g’olibasi. Lomonosov nomidagi MDUda va BuxDUda mutaxassislik bo’yicha malaka oshirgan. O’zbekistondagi Roshamkorlik vakilligidagi ilmiy metodik ekspert kengashining  a’zosi, viloyat rus madaniyat markazi boshqaruvi a’zosi. Xalqaro va respublika konferensiyalarii tashkilotchisi va ishtirokchisi.

Umumiy ish staji: 32 yil

Pedagogik staj: 32 yil


Qurboniyozova Raushanoy Qurbonboevna - kafedra katta o’qituvchisi (17.8.1992). ToshDU tugatgan (1980). Mehnat faoliyatini 1974 yilda Engels j. x. ishchilikdan boshlagan. Keyinchalik Amudaryo tuman komsomol komiteti instruktori (1980-1982), Toshkent chet tillar pedagogika instituti "Falsafa" kafedrasi (1982-1989) va Respublika elektrotexnika-tibbiyot texnikumi o’qituvchisi (1989-1992) lavozimlarida ishlagan. 1998-2005 yillarda Birinchi Toshkent tibbiyot instituti Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlagan. 2005 yildan hozirgi kungacha TTA Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlaydi.

Umumiy ish staji: 37 yil

Pedagogik staj: 37 yil


 

Yusupova Tatyana Eduardovna - rus tili o’qituvchisi. 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, respublika konferensiyalari va seminarlari ishtirokchisi. Тibbiyot talabalari uchun “Rus tili” - elektron o’quv qo’llanmasining muallifi. “Rus dunyosi” (Rossiya) fondi bilan hamkorlikdagi xalqaro granti ishtirokchisi.

Umumiy ish staji: 23 yil

Pedagogik staj: 16 yil


Xudoyqulova Nargiza Abdullaevna - kafedra katta o’qituvchisi (3.1.2001). UrDU tamomlagan (1996). Keyinchalik Urganch tumanidagi S.Axmedov nomidagi maktabda o’qituvchi (1996-1997), 1-ToshDavTI Urganch bo’limi "Ijtimoiy fanlar" kafedrasida laborant (1997-1998) lavozimlarida ishlagan. 1998-2005 yillarda Birinchi Toshkent tibbiyot instituti Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o’qituvchisi lavozimida boshlagan. 2005 yildan qozirgi kungacha TTA Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi, (2.09.2015) katta o’qituvchi lavozimida ishlaydi. "Xorazmda suv muammolarini xal qilish uchun kurash (1950-80 yy.)" mavzusida doktorlik ishi ustida ish olib bormoqda. 30 ta maqolasi va "Xorazmning sug’orilish tarixidan" nomli (2011yil) monografiyasi chop qilingan.

Umumiy ish staji: 28 yil

Pedagogik staj: 23 yil


AtajonovaFeruzaErkinovna - "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi o’qituvchisi (1999 yildan). Urganch Davlat universitetini tugatgan (1996), Mehnat faoliyatini 1996 yilda Urganch shaxridagi 25-son o’rta maktabda o’qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik 1-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o’qituvchisi (1999-2005) lavozimida ishlagan. 2005 yildan hozirgi kungacha TTA Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlaydi. 12 ta ilmiy maqolasi e'lon qilingan.

Umumiy ish staji: 26 yil

Pedagogik staj: 21 yil


Abdullayeva Muyassar Djumaniyazovna - lotin tili o’qituvchisi. 18 dan ortiq ilmiy maqolalari mavjud, respublika konferensiyalari va seminarlari ishnirokchisi. Respublika yetakchi oliy ta’lim muassaslarida bir necha bor malakasini oshirgan. Kafedrada to’garaklarda iqtidorli talabalar bilan ish olib boradi.

Umumiy ish staji: 35 yil

Pedagogik staj: 35 yil


Adambayeva Nargiza Kadambayevna – ingliz tili o’qituvchisi. Magistr. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar hamda “Ingliz tilidan barcha ixtisoslik va yo’nalishlar uchun o’quv-uslubiy qo’llanma” muallifi. Xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalar ishtirokchisi. Mustaqil ilmiy tadqiqodchilik ishlarini boshlagan.

Umumiy ish staji: 20 yil

Pedagogik staj: 16 yil


Hodjaeva Shahlo Matnazarovna - ingliz tili o’qituvchisi. Magistr. 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar hamda “Tibbiyot oliy o’quv  muassasalari talabalari uchun ingliz tilidan o’quv-uslubiy qo’llanma” muallifi hisoblanadi. Respublika yetakchi oliy ta’lim muassaslarida bir necha bor malakasini oshirgan. Xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalar ishtirokchisi.

Umumiy ish staji: 23 yil

Pedagogik staj: 13 yil


Rahimova Shoira Atabekovna – Ingliz tili o’qituvchisi. Angliyada talabalarni malakasini oshirish dasturi bo’yicha stajirovka o’tagan. Kafedrada professor- o’qituvchilarni amaliy ingliz tilidan o’qitish ishlari bo’yicha mas’ul.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 47-32 sonli farmoniga binoan tashkil etilgan 2 oylik malaka oshirish kurslarida 2.09.2015 dan 30.10.2015 yilgacha O’z.D.JTU huzuridagi innovatsiyaviy markazda ta’lim olib, malaka attestati bilan taqdirlandi. Mustaqil ilmiy tadqiqodchilik ishlarini boshlagan.

Umumiy ish staji: 23 yil

Pedagogik staj: 18 yil


Dzugaeva Zarina Ruslanovna – ingliz tili fani o’qituvchi. Magistr.  10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. “Medical English for oral practice” nomli uslubiy-qo`llanma muallifi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 47-32 sonli farmoniga binoan tashkil etilgan 2 oylik malaka oshirish kurslarida 02.01.2016 dan 29.02.2016 yilgacha O’z.D.JTU huzuridagi innovatsiyaviy markazda ta’lim olib, malaka attestati bilan taqdirlandi. Mustaqil ilmiy tadqiqodchilik ishlarini boshlagan.

Umumiy ish staji: 11 yil

Pedagogik staj: 6 yil


 

Gapparova Dilara Azimbayevna - lotin tili va nemis tili  o’qituvchisi. Magistr. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar va “Lotin tilida anatomik terminlarning moslashuvi” uslubiy qo`llanma muallifi. Mustaqil ilmiy tadqiqodchilik ishlarini boshlagan.

Umumiy ish staji: 7 yil

Pedagogik staj: 3 yil


 

XudayberganovaNargisaQuranbayevna -  pedagogika va psixologiya o`qituvchisi. Magistr. 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. . Xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalar ishtirokchisi.  Mustaqil ilmiy tadqiqodchilik ishlarini boshlagan.

Umumiy ish staji: 6 yil

Pedagogik staj: 2 yil


Radjapova DilfuzaDuschanovna -  ingliz tili fani o’qituvchisi. Magistr . Xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.  Bir nechta ilmiy maqolalari mavjud. Mustaqil ilmiy tadqiqodchilik ishlarini boshlagan.

Umumiy ish staji: 25 yil

Pedagogik staj: 20 yil


Samandarova Nigora Erkinovna – O’zbek tili fani o’qituvchisi. Oliygohda O’zbek adabiyoti rahbari. Talabalar bilan tilbayramlari, allomalar ijodiga bag’ishlangan tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazadi/ Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi. Ommaviy Ahborot Vositalarida ma’naviy- ma’rifiy ko’rsatuvlarida chiqishlar qilgan.

Umumiy ish staji: 29 yil

Pedagogik staj: 24 yil


 

Matchanova Nargiza To’lqinovna – Pedagogika va psihologiya fani o’qituvchisi. Magistr. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.

Umumiy ish staji: 8 yil

Pedagogik staj: 4 yil


Rahimova Muyassar Rajabovna - kafedra o’qituvchisi (2013). UrDUni tugatgan (1999). Mehnat faoliyatini 1999 yilda Urganch bank kollejida "Iqtisodiyot asoslari" fani o’qituvchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik 2001-2010 yillarda UrDUda o’qituvchi va TATU Urganch filialida ichki nazorat va monitoring bo’limi boshliqi(2009-2013) lavozimlarida ishlagan. 2013 yildan hozirgi kungacha TTA Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlaydi.

Umumiy ish staji: 23 yil

Pedagogik staj: 18 yil


Samanova Shaхlo Baxtiyorovna - kafedra o’qituvchisi (2012). UrDUni tugatgan (2009). Mehnat faoliyatini 2009 yilda Yangibozor tumanidagi qishloq xo’jalik k.x.kollejida o’qituvchilikdan boshlagan. 2009-2011 yillarda O’zbekiston Milliy universiteti magistraturasida o’qigan. 2001-2012 yillarda TTA Urganch filiali o’quv bo’limida uslubchi bo’lib ishlagan. 2012 yildan hozirgi kungacha TTA Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlaydi.

Umumiy ish staji: 10 yil

Pedagogik staj: 6 yil

 

 


 

 

M.J. Abdullayeva - lotin tili o’qituvchisi. Oliy o’quv yurtidagi ish malakasi -23 yil, 16 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud, respublika konferensiyalari va seminarlari ishnirokchisi. Respublika yetakchi oliy ta’lim muassaslarida bir necha bor malakasini oshirgan.Kafedrada to’garaklarda iqtidorli talabalar bilan ish olib boradi. 

 

 

 

 

 

 

N.K.Adambayeva – ingliz tili o’qituvchisi. Magistr. Pedagogik ish staji- 16 yil. 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar hamda “Ingliz tilidan barcha ixtisoslik va yo’nalishlar uchun o’quv-uslubiy qo’llanma” muallifi hisoblanadi. Xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalar ishtirokchisi. Hozirda kafedrada o’quv ishlari bo’yicha ma’sul. 

 

 

 

 

 

Yusupova Tatyana Eduardovna - rus tili o’qituvchisi.Oliy o’quv yurtidagi ish malakasi -13 yil, 15 dan ortiq ilmiy ishlari bor, respublika konferensiyalari va seminarlari ishtirokchisi. Тibbiyot talabalari uchun “Rus tili” - elektron o’quv qo’llanmasining muallifi. “Rus dunyosi” (Rossiya) fondi bilan hamkorlikdagi xalqaro granti ishtirokchisi.

 

   

 


 

 

D.I.Umurzaqova – ingliz tili o’qituvchisi. Magistr. Oliy ta’limdagi staji – 10 yil. 12 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.  Respublika oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi konferensiya ishtirokchisi. “Bolalar fondi” grant loyiha ishtirokchisi. 2008 yilda “Koreys tili” mutaxassisligi boyicha malaka oshirishni Seulda o’tgan. 

  

 

 

 


Sh.A.Rahimova – Ingliz tili o’qituvchisi. Pedagogik staji 17-yil, Angliyada talabalarni malakasini oshirish dasturi bo’yicha stajirovka o’tagan, 101-b  guruhining murabbiysi. Kafedrada ilmiy-ishlar bo’yicha va professor- o’qituvchilarni amaliy ingliz tilidan o’qitish ishlari bo’yicha mas’ul.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 47-32 sonli farmoniga binoan tashkil etilgan 2 oylik malaka oshirish kurslarida 2.09.2015 dan 30.10.2015 yilgacha O’z.D.JTU huzuridagi innovatsiyaviy markazda ta’lim olib, malaka attestati bilan taqdirlandi. 

 

 

 

N.M.Xadjiyeva o’zbek tili bo’yicha o’rindosh o’qituvchi. Umumiy pedagogik staji-17 yil. Oliy talim bo’yicha ish staji-3 yil. Ilmiy nashrlari bor. Hozirda filial ilmiy bo`lim mudiri. 

 

 

 

 

 

 

 

 

Z.R.Dzugaeva – ingliz tili fani o’qituvchi. Magistr.  Pedagogik ish staji – 6 yil. 10 dan ortiq ilmiy ishlari bor. 223-A  guruhining murabbiysi. “Medical English for oral practice” nomli uslubiy-qo`llanma muallifi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 47-32 sonli farmoniga binoan tashkil etilgan 2 oylik malaka oshirish kurslarida 02.01.2016 dan 29.02.2016 yilgacha O’z.D.JTU huzuridagi innovatsiyaviy markazda ta’lim olib, malaka attestati bilan taqdirlandi. 

 

 

  

 

 

 

D.A.Gapparova - lotin tili va nemis tili  o’qituvchisi. Magistr. Oliy o’quv yurtidagi ish malakasi – 2 yil, 10 dan ortiq ilmiy ishlari bor. “Lotin tilida anatomik terminlarning moslashuvi” uslubiy qo`llanma muallifi.122 A  guruhining murabbiysi. 

 

 

 

 

 

 

 

N.K.Xudayberganova -  pedagogika va psixologiya o`qituvchisi. Magistr. Oliy o`quv yurtidagi ish malakasi – yil, 15 dan ortiq ilmiy ishlari bor.

 

 

 

 

 

 

 

 

D.D.Radjapova -  ingliz tili fani o’qituvchisi. Magistr . Pedagogik staji  – 20 yil. Oliy o’quv yurtidagi ish malakasi – yil. Xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.  Bir nechta ilmiy ishlari mavjud. 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra jamoasi bo’lgusi vrachlarni yuqori malakali mutaxassislar qilib tarbiyalash kabi mashaqqatli jarayonda o`zining jonbozligini ko`rsatib kelmoqda. Jumladan, kafedra jamoasi talabalarda til o`rganish ko`nikmalarini shakllantirish, pedagogik va psixologik dunyoqarashlarini rivojlantirish, ularni jahon standartlariga javob beradigan, dunyo hamjamiyatida raqobatbardosh shifokorlar qilib tayyorlash, ularning e'tiqodi, vatanparvarligi, ma'naviy-aqloqiy qiyofasini milliy g’oya va qadriyatlar negizida shakllantirishga o’z ulushini qo’shib kelayotgani bilan haqli ravishda faxrlanadi. Kafedrada iqtidorli yoshlar uchun ijtimoiy fanlardan to’garaklar tashkil qilingan bo’lib, unga jalb qilingan 50 nafardan ortiq talabalar o’z izlanishlari natijalarini har yili ana'anaviy tarzda o’tkaziladigan "Talabalar ilmiy jamiyati" amaliy anjumaniga tadbiq qiladilar. Kafedrada har yili fanlar bo’yicha olimpiadalar yuqori saviyada o'tkaziladi.

Kafedrada "Xorazmda malakali shifokorlar tayyorlash markazi" mavzusida 5-6 bosma taboqli almanax chop qilindi. Shu bilan bir qatorda kafedrada ilmiy ish bilan shug’ullanayotgan pedagoglarga amaliy yordam ko’rsatish, ularning doktorlik ishini himoyaga tayyorlash, monografiya va maqolalar nashr qildirish ishlariga ko’maklashiladi.

Kafedrada hozirgi kunda 1ta tarix fanlari doktori, professor, 1ta pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, 3ta katta o’qituvchi, 14ta o’qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedra katta o’qituvchisi Abidova Zaynab Qodirberganovna Xorazm voxasi tarixi va etnografiyasini o’rganish yuzasidan "Xorazm qadamjolari va ziyoratgoqlari. (Tarixiy etnologik tadqiqot)" mavzusida doktorlik dissertasiyasi ustida ish olib bormoqda va 2016 yil 2 yanvardan UrDU doktoranturasiga qabul qilindi. Bundan tashqari qafedraning 5ta hodimi  2017 yilda mustaqil ilmiy tadqiqodchilikka qabul qilindi.

Kafedra a'zolari Prezident asarlari va ma'ruzalari, hukumat qarorlarini keng jamoatchilik orasida tashviqot va targibot qilish ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar.

 

1. Rus tili – Davolash ishi, Kasbiy ta`lim (Tibbiy pedagogika) 2 bosqich, Pediatriya ishi, Oliy hamshiralik yo`nalishi 1 bosqich talabalariga

2. O’zbek tili - Davolash ishi, Kasbiy ta`lim (Tibbiy pedagogika) 2 bosqich , Pediatriya ishi, Oliy hamshiralik yo`nalishi 1 bosqich talabalariga.

3. Ingliz tili - Davolash ishi, Pediatriya ishi,  Kasbiy ta`lim (Tibbiy pedagogika), Oliy hamshiralik yo`nalishi 1-3  bosqich talabalariga.

4. Amaliy ingliz tili -  Davolash ishi, Pediatriya ishi 7 bosqich, Oliy hamshiralik yo`nalishi  3  bosqich talabalariga.

5. Chet tili - Oliy hamshiralik yo`nalishi  3  bosqich talabalariga.

6. Nemis tili – Davolash ishi 1 –bosqich talabalariga.

7. Lotin tili - Davolash ishi, Pediatriya ishi, Kasbiy ta`lim (Tibbiy pedagogika),  Oliy hamshiralik yo`nalishi 1 bosqich talabalariga,

8. Pedagogika va psixologiya -  Davolash ishi, Pediatriya ishi, Oliy hamshiralik yo`nalishi 2 bosqich,  Kasbiy ta`lim (Tibbiy pedagogika) 1 bosqich talabalariga

9. Pedagogik texnologiya va pedagogik nazariya asoslari - Oliy hamshiralik yo`nalishi 3  bosqich talabalariga.

10. Kasbiy psixologiya - Kasbiy ta`lim (Tibbiy pedagogika) 2 bosqich talabalariga Inson taraqqiyoti psixologiyasiga kirish - Oliy hamshiralik yo`nalishi 1 bosqich

11. Ta`lim texnologiyalari - Kasbiy ta`lim (Tibbiy pedagogika) 4 bosqich talabalariga

12. O’zbekiston tarixi – Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishi, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 1-bosqich talabalariga

13. Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar - Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishi 7-bosqich, Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 3-bosqich talabalariga

14. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti - Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishi 7-bosqich, Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 3-bosqich talabalariga

15. Falsafa  – Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishi, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 2-bosqich talabalariga

16. Sotsiologiya – Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishi, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 1-bosqich talabalariga

17. Ma’naviyat asoslari – Davolash ishi, Pediatriya, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 2-bosqich talabalariga

18. Madaniyatshunoslik – Davolash ishi, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 1-bosqich talabalariga

19. Xuquqshunoslik. Konstitutsiyani o’rganish -– Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishi, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 1-bosqich talabalariga

20. Iqtisodiyot nazariyasi – Davolash ishi, Pediatriya, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 2-bosqich talabalariga

21. Soliq va soliqqa tortish – Davolash ishi, Pediatriya, Kasbiy ta’lim (Tibbiy pedogogika), Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 2-bosqich talabalariga

22. Kichik biznes va tadbirkorlik - Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishi 7-bosqich, Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi 3-bosqich talabalariga

 

Kafedramiz o’qituvchilari filial ma’naviyat bo’limi bilan hamkorlikda filialning ma’naviyat ishlari rejasi ijrosini ta’minlashda, Davlat dasturlari ijrosini bajarishda, mamlakatimizning muxim sanalariga bag’ishlangan tadbirlarda, viloyatimiz “Ma’naviyat-ma’rifat targ’ibot markazi” bilan hamkorlikdagi targ’ibot va tashviqot ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar. Shu barobarida talaba yoshlarni ahloqiy tarbiyasida, ma’naviy etukligida ularni vatanparvarlik, milliy ruhda tarbiyalash, ularda ma`naviy immunitetni shakllantirish, milliy g`oya va mafkura asosida tafakkurni rivojlantirish kabi ishlarda ham o`z jonbozliklarini ko`rsatib kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.