O`quv-uslubiy bo`limi

 

Bo'lim boshlig'i:

Karimov Rasulbek Xasanovich

Tel: +99862 226 02 55

E-Mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O`quv-uslubiy bo’limining vazifalari:

Hozirgi  kunda TTA  Urganch filialining o‘quv-uslubiy bo‘limida 1 nafar o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i, 1 nafar uslubchi, 1 nafar nazoratchi, 2 nafar dispatcher va 1 nafar statist faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari boshchiligida dekanat va kafedralar bilan birgalikda quyidagi ishlarni olib boradi:

  • o‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta’minlash va o‘quv jarayoniga to‘la qonli tadbiq etish;
  • o‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o‘quv ishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash va takomillashtirish;
  • o‘quv rejasiga Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘zgartirishlar kiritib borish, tayanch oily ta’lim muassasalari bilan hamkorlik da o’quv  jarayonini tashkil qilish;
  • TTA Urganch filialida o‘quv rejasi va dasturlar asosida o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirish;
  • o‘quv yillari uchun o‘quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish, o‘quv jarayonini zarur me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlash;
  • o‘quv jarayoniga talabalar bilimini baholash va nazorat qilish bo‘yicha reyting tizimini,  test nazorati va boshqa o‘quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali,  progressive usullarni tadbiq etish;
  • TTA Urganch filiali hududidagi va joylardagi kafedralar,  auditoriya fondlari va ma’ruza zallaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
  • talabalarning o‘zlashtirishi bo‘yicha xulosalar chiqarish,  joriy o‘zlashtirish va yakuniy nazoratlar natijalarini tahlil qilish va ular asosida TTA  Urganch filiali Kengashiga hisobot tayyorlash;
  • filial Kengashi, direktorat majlislari, ilmiy-uslubiy hay’atga o‘quv ishlari bo‘yicha ma’lumotlar va qarorlar loyihasini tayyorlash;
  • o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yuqori tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, yo‘riqxat, ko‘rsatma va tavsiyalarini, jumladan filial va direktorat Kengashi qarorlarini, director va direktor o’rinbosarlari buyruq, farmoyishlarini va joriy ko‘rsatmalarini dekanat, kafedra va filialning boshqa bo‘limlariga yetkazish va bajarilishini nazorat qilish;
  • o‘quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish  bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • muddatli buyurtmalar: o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi, reyting daftarchalari, talabalik guvohnomasi va o‘quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni ta’minlanishini nazorat qilish;
  • kafedra va fakul’tetlarda o‘quv ishlariga mutasaddilar bilan o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-komp’yuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish;
  • talabalar kontingentini aniqlash;
  • dekanatlar va kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish va h.k.

Avezova Dilnoza Shavkatovna

O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi

1993- yil 9-sentyabrda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2021 yil mart oyidan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida o‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi lavozimida ishlab kelmoqda.


 Matyaqubova Iroda Atamuratovna

Inspektor

Tel:  +99862 226 02 55

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1982 yil 17 dekabrda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Millati-o‘zbek. Ma’lumoti – o‘rta-maxsus 2011 yil aprel oyidan TTA Urganch filiali o‘quv-uslubiy bo‘limida statist, 2012 yil sentyabr oyidan o‘quv-uslubiy bo‘limida o‘quv ishlari bo‘yicha inspektor vazifasida ishlab kelmoqda.


 

 Gaibova Dilnoza Qurbonbayevna

Inspektor

Tel:  +99862 226 02 55

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1987 yil 30 oktyabrda Xorazm viloyati Urganch shaxrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – o‘rta-maxsus. 2019 yil aprel oyidan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida o‘quv-uslubiy bo'limida inspektor vazifasida ishlab kelmoqda.



Qalandarova Zumrad Bekturdievna

Dispetcher

Tel: +99862 226 02 55

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1978 yil 30 avgustda Xorazm viloyati Urganch tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti – o‘rta-maxsus 2010 yil aprel oyidan TTA Urganch filiali o‘quv–uslubiy bo‘limi dispetcheri vazifasida ishlab kelmoqda.


Bobojanova Intizor Matnazarovna

Dispetcher

Tel: +99862 226 02 55

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1982- yil 2- oktyabrda Xorazm viloyati Urganch shaxrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti – o‘rta-maxsus 2020 yil may oyidan TTA Urganch filiali o‘quv–uslubiy bo‘limi dispetcheri vazifasida ishlab kelmoqda.


  

 Sadullayeva Sevinchoy Qahramon qizi

Ish yurituvchi

Tel:  +99862 226 02 55

1999-yil 29-iyulda Xorazm viloyati Urganch shaxrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – o‘rta-maxsus. 2020-yil sentyabr oyidan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida o‘quv-uslubiy bo‘lim ish yurituvchi vazifasida ishlab kelmoqda.