+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

QABUL NIZOMI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA TEST SINOVLARI ORQALI QABUL QILISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:

a) 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab:

abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berilishi;

oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi;

b) 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratilib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarning umumiy cheklangan soni 186 nafardan iborat bo‘lgan yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019-yil 9-iyul,

572-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son qaroriga
1-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining

TUZILMASI

 

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 186 nafar.

Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni davlat boshqaruvchi organlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normativlar asosida aniqlanadi.

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 3-bandda:

to‘rtinchi xatboshidan uchinchi jumla chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar qo‘shilsin:

“Abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar alohida ajratilgan kvotalar doirasida, tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball to‘plagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitsyerlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi”;

beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 105-bandning uchinchi xatboshisidagi “mazkur ta’lim yo‘nalishida” so‘zlari “tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) quyidagi mazmundagi 106 va 107 -bandlar qo‘shilsin:

“106. Terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.

107. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) o‘qishga kirish uchun davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul kvotalarining uch foizi miqdorida davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan uch foizli kvotalar doirasida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan uch foizli davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”;

g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) lavozimi bo‘yicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.

Qabul komissiyalari a’zolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar, istalgan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:

fuqarolik pasporti yoki ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;

pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat;

test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirganligi to‘g‘risida to‘lov varaqasi (kvitansiya).

Abituriyentdan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadi.

To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar toifasiga “Mehribonlik uylari”da yashab ta’lim olgan, 18 yoshga to‘lmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar kiradi.

Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyent haqidagi zarur ma’lumotlarni Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritib abituriyentga asl hujjatlarni qaytaradi va QR-kod (matritsali shtrix kod) qo‘yilgan abituriyentning qayd varaqasini ikki nusxada chop etib, abituriyentga beradi. Abituriyent ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, qayd varaqasini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi, bir nusxasini o‘zida olib qoladi va ikkinchi nusxasini oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga qaytarib beradi.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyalari tomonidan har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.

Arizalar onlayn tarzda ham qabul qilinishi mumkin.

Harbiy qismlar qo‘mondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi (oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinganligi to‘g‘risidagi rasmiy buyruq bo‘lsa, imtiyozdan takroran foydalanish mumkin emas).

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga haqli emas.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar tugagandan so‘ng hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan man qilinadi.

Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari 20-iyulgacha bo‘lgan muddatda Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga ta’lim yo‘nalishi, o‘quv shakli va tili ko‘rsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi ma’lumotni imtiyozga ega bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘shib taqdim etadilar.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga mazkur bandning to‘rtinchi xatboshidagi hujjatlarni taqdim etadi”;

d) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “imtihonlar” so‘zi “imtihonlar abituriyentlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

e) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“14. Test sinovlari kunduzgi va kechki (smenali) ta’lim shakllari uchun har yili iyul — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari belgilanadi.

Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi”;

j) 15-bandda:

birinchi xatboshidagi “abituriyentlar tegishli ravishda bir, ikki yoki uch” so‘zlari “abituriyentlar belgilangan tartibda tasdiqlangan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “Matematika (informatika bilan)” so‘zlari “Matematika” so‘zi bilan almashtirilsin;

z) 25-bandda:

quyidagi mazmundagi birinchi-yettinchi xatboshlar qo‘shilsin:

“25. Tanlov kirish imtihonlarining (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) fanlar majmuasi va undagi fanlar ketma-ketligining mosligi abituriyent belgilagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligi asosida o‘tkaziladi.

Test sinovlari natijalari bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi va ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi;

abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bitta yoki ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyent, o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etadi”;

birinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi-o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 20-fevraldagi 130-son qarorida:

a) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

b) 5-bandga “tushumlari (5 foizgacha miqdorda)” so‘zlaridan keyin “, abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan yig‘im” so‘zlari qo‘shilsin;

v) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “4 ta, shu jumladan, 2 ta biriktirilgan,” so‘zlari “5 ta, shu jumladan, 3 ta biriktirilgan,” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 2-ilovada:

12-bandning 6 va 15-kichik bandlaridagi va 16-banddagi “o‘rinbosari” so‘zi “o‘rinbosarlari” so‘zi bilan almashtirilsin;

12-bandning 7-kichik bandidagi “o‘rinbosarining” so‘zi “o‘rinbosarlarining” so‘zi bilan almashtirilsin;

12-bandning 16-kichik bandidagi “o‘rinbosarini” so‘zi “o‘rinbosarlarini” so‘zi bilan almashtirilsin;

13-banddagi “o‘rinbosarining” so‘zi “o‘rinbosarlarining” so‘zi bilan almashtirilsin;

19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“19. Davlat test markazi direktorining ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi va ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Davlat test markazi direktorining ikki nafar o‘rinbosari maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi”;

24-banddagi “direktor o‘rinbosari” so‘zlari “direktorning o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 3-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

abituriyent — belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan, test sinovi qoidalariga qat’i amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor”;

to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “, maxsus sirtqi” so‘zlari chiqarib tashlansin, “1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan muddatda” so‘zlari “iyul — avgust oylarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 7-bandga quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qo‘shilsin:

“Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning muddati yakunlanganidan so‘ng, ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Abituriyent uchun ushbu sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi”;

g) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“9. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadi”;

d) 10, 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“10. Abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega.

11. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi.

12. Abituriyentlarning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, tanlov asosida talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi”;

e) 15-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli joylar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi hamda vazirlik o‘tkazilgan test sinovlari jarayoni bo‘yicha video yozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi”;

j) 18-banddagi “tariqasida,” so‘zidan keyin “bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari,” so‘zlari qo‘shilsin;

z) 24-bandda:

to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“har yili 15-iyundan 15-iyulgacha abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida abituriyentning qayd varaqasi hamda eslatmani berish”;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni shu kunning o‘zida Davlat test markazining maxsus dasturi hamda qayd daftarlariga kiritish”;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tili va ta’lim shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasasiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari g‘oliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega bo‘lgan hamda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni abitiuriyentlar va ota-onalar e’tibori uchun har kuni e’lon qilib borish”;

o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“har yili 24-iyuldan keyin test sinovlari boshlanguniga qadar murojaat qilgan abituriyentlarga ruxsatnomani chop etib tasdiqlab tarqatish”;

to‘qqizinchio‘n birinchio‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

i) 25-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“25. Qabul komissiyasi har yili 16-iyul kuni xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari hamda shu kabi test sinovlarisiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan abituriyentlar haqida qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan imzolangan ma’lumotlarni Davlat test markaziga taqdim etadi”;

k) 28-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:

“test sinovlarini o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan shakllar va jadvallarni ishlab chiqish”;

ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi xatboshidan “1-avgustgacha va undan keyin” so‘zlari chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan ma’lumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish”;

oltinchi xatboshidan “ta’lim yo‘nalishlari kesimida” va “mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan 2-shaklga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;

l) 29-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:

“test sinovi bo‘lib o‘tadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan ta’minlash”;

m) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“31. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakilini xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi”;

n) 34-bandda:

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“guruh nazoratchilariga abituriyent tomonidan test sinovlari qoidalari buzilganda, uni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berish”;

yettinchi xatboshidan “mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan test materiallari qutisi reyestri asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin;

o) 39-bandda:

uchinchi xatboshidan “mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi xatboshidan “titul varaqalarini, mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan 1-shakl bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;

yettinchi xatboshidan “mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan 2-shakl bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“guruhlarda test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini nazorat qilish”;

o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;

abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino bo‘yicha to‘plangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirish”;

p) 43-bandda:

to‘rtinchi xatboshidan “titul varaqalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshidan “titul varaqasidagi rasmi” va “(rasmlar shu abituriyentga tegishliligiga ishonch hosil qilib),” so‘zlari chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi xatboshida:

“va titul varaqalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;

“paketlar” so‘zidan keyin “va muhrlar” so‘zlari qo‘shilsin;

sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va mazkur Nizomga 11-ilovada namuna sifatida keltirilgan javoblar varaqalarini tarqatish;

test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli bo‘limlarini rasmiylashtirish bo‘yicha abituriyentlarga ko‘rsatma berish”;

o‘n birinchi xatboshidan “va titul varaqasini” so‘zlari chiqarib tashlansin;

yigirmanchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test materiallari qutisiga solib muhrlash”;

yigirma ikkinchi xatboshidagi “materiallari qutisini” so‘zlari “materiallarini” so‘zi bilan almashtirilsin;

r) 44-bandda:

ikkinchi xatboshidan “javoblar varaqasi bilan birga” so‘zlari chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi bo‘lmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini berishni so‘raydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi”;

s) 47-bandda:

birinchi xatboshidagi “soat 13:00”, “soat 13:30” so‘zlari tegishlicha “soat 14:00”, “soat 14:30” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchioltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshidagi “joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yish;” so‘zlari “joylarni rasmiylashtirish;” so‘zlari bilan almashtirilsin;

t) 52-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:

“test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa”;

to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

u) 53-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“53. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 13-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega”;

f) 57-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi”;

x) Nizomga 2 — 10-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

ts) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish
SXEMASI

Bosqich

 

Talablar

 

Mas’ullar

 

Bajarish muddati

             

I bosqich

 

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish.

 

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlari

 

har yili

15-iyundan

15-iyulgacha

     
             

II bosqich

 

Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar g‘oliblari va shu kabi test sinovlarisiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotni qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan imzolangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi.

 

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

 

har yili

16-iyulda

     
             

III bosqich

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni test sinovlariga tayyor holatga keltiradi hamda bu haqda Davlat test ma’lumot xabar beradi.

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

 

har yili

16-iyulda

     
             

IV bosqich

 

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalarini maxsus dastur orqali bazaga kiritadi, rasmiylashtiradi va Davlat test markaziga taqdim etadi.

 

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

 

har yili

22-iyulda

     
             

V bosqich

 

Murojaat etgan abituriyentlarga ruxsatnomasini chop etib, taqdim etadi.

 

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

 

har yili

24-iyuldan

     
             

VI bosqich

 

1. Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarni belgilangan tartibda binoga kiritilishini ta’minlaydi.

2. Test sinovlarini belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlaydi.

 

Davlat test markazi, Ichki ishlar vazirligi, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

 

har yili

iyul-avgust

     
             

VII bosqich

 

Test sinovlari bo‘yicha abituriyentlarning to‘plagan umumiy ballarini DTMning rasmiy dtm.uz saytida e’lon qiladi.

 

Davlat test markazi

 

test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga

     
             

VIII bosqich

 

Tanlov natijalarini e’lon qiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi

 

test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida

     
             

IX bosqich

 

Abituriyentlarning apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va uning natijalarini e’lon qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi

 

har yili

21-avgust — 30-sentabr

ch) Nizomga 11-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Javoblar varaqasi namunasi

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son; 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.