Reja-moliya bo'limi

Moliya-reja bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘limning vazifalariga istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish, TTA Urganch filiali bo‘linmalarini saqlash xarajatlarini prognozlash, filialning turli manbalar hisobidan moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari tadbirlar, tadqiqot va ishlanmalardan olingan daromadlar va boshqalar).
Bo‘lim barcha faoliyat turlari bo‘yicha daromad va xarajatlarni jamlash bilan shug‘ullanadi, filialning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi, istiqbolli loyihalar va yillik talaba qabul rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi. Stipendiyalar tayinlanishining to‘g‘riligini nazorat qiladi, stipendiyalar to‘g‘risidagi nizom, ichki tartib-qoidalar, filial Nizomi va boshqalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

 

BO'LIM XODIMLARI

Ibragimov Akbar Allayarovich
Reja va moliya bo'limi boshlig'iIbragimov Akbar Allayarovich
Tel: +998915706777
Email: Адрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в вашем браузере должен быть включен Javascript.
Karayeva Zulfiya Jumanazarovna
1-toifali iqtisodchiKarayeva Zulfiya Jumanazarovna
Tel: +998976088009
Email: Адрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в вашем браузере должен быть включен Javascript.
Hodjaniyazova Zuhra Quziyevna
1-toifali iqtisodchiHodjaniyazova Zuhra Quziyevna
Tel: +998999427217
Email:Адрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в вашем браузере должен быть включен Javascript.

                                             Bo‘limning asosiy vazifalari:

 

- shtat jadvalini tuzish va nazorat qilish;

- daromadlar va xarajatlar prognozini ishlab chiqish, xarajatlar va daromadlar smetasini tuzish va nazorat qilish;

-  filial faoliyatining barcha turlarini har tomonlama iqtisodiy tahlil qilish;

- filial ishining barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik hisobini yuritish, o‘z vaqtida davriy hisobotlarni tayyorlash va statistik materiallarni tizimlashtirish;

- yangi o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar, pedagogik va yordamchi xodimlar, xo‘jalik ishlari xodimlari, kadrlar va ma’muriy-boshqaruv apparati  xodimlari mehnatiga haq to‘lashning me’yoriy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish (tarifikasiya);

- me’yoriy-huquqiy bazadagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda shtat jadvalini tuzatish.

- moliyalashtirish manbalarini hisobga olish.

- byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan xarajatlar va daromadlar smetasini tuzish;

- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan TTA Urganch filialini byudjetdan moliyalashtirish limitlari tasdiqlanganidan keyin xarajatlar va daromadlar smetalariga tuzatish kiritish;

- xodimlar toifalari va bo‘linmalar bo‘yicha byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish, ish haqi uchun mablag‘lar ijrosini nazorat qilish;

- xarajatlar smetasi va ish haqi fondini choraklar bo‘yicha tahlil qilish;

- Barcha  xodimlarni ishga qabul qilishda ish haqini belgilash;

- tabellarni tekshirish.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search