O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30-iyun sanasi mamlakatimizda “YOSHLAR KUNI”, deb e’lon qilingan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O’zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yilda tashkil etilgan va shu shu davr mobaynida quyidagilar yoshlar yetakchilari lavozimida ishlab kelganlar:
2017-2022 yillar davomida Roʻzimatov Fazliddin Isomiddin oʻgʻli Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi 23 nafar a’zodan iborat bo‘lib, Kengash tarkibi:
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT Yoshlar yetakchisi;
- Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari;
- Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi;
- Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi;
- Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi;
- Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi;
- Yoshlar yetakchisining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi;
- Sport, salomatlik yo‘nalishi yetakchisi;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyat cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi;
- Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi;
- Matbuot kotibi, yoshlar media guruhi rahbari;
-Boshlangʻich tashkilotning guruhlardagi yetakchilar bilan ishlash yoʻnalishi yetakchisi;
-"Salus" volontyorlar guruhi koordinatori;
-"Zakovat" klubi koordinatori;
-Besh tashabbus yoʻnalish yetakchisi;
-"Nihol" cholgʻu, maqom musiqiy ansambli;
- Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Munozara” klublari va “Ko’zmunchoq” teatr studiyasi va “Salus” volontyorlar guruhi samarali faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
· yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
· yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
· iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
· yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
· yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.
Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar ustavda belgilangan tartibga asosan a’zo bo‘lishi mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin
Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin.
Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi:
Qurultoy;
Markaziy Kengash;
Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.
Ittifoqning tuzilmasigaquyidagilar kiradi:
· Ittifoqning Markaziy apparati;
· Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
· Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
· Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
· Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.
Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo‘linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi “Kamalak” shobalari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo‘linmalarining sho‘basi hisoblanadi.
220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy
dummy+998 (62) 224 84 84
dummy+998 (62) 224 84 84
dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz