Yoshlar ittifoqi tarixi

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30-iyun sanasi mamlakatimizda “YOSHLAR KUNI”, deb e’lon qilingan.

  Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O’zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yilda tashkil etilgan va shu shu davr mobaynida quyidagilar yoshlar yetakchilari lavozimida ishlab kelganlar:

2017-2022 yillar davomida Roʻzimatov Fazliddin Isomiddin oʻgʻli Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi 23 nafar a’zodan iborat bo‘lib, Kengash tarkibi:

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT Yoshlar yetakchisi;

- Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari;

- Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi;

- Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi;

- Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi;

- Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi;

- Yoshlar yetakchisining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi;

- Sport, salomatlik yo‘nalishi yetakchisi;

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyat cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi;

- Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi;

- Matbuot kotibi, yoshlar media guruhi rahbari;

-Boshlangʻich tashkilotning guruhlardagi yetakchilar bilan ishlash yoʻnalishi yetakchisi;

-"Salus" volontyorlar guruhi koordinatori;

-"Zakovat" klubi koordinatori;

-Besh tashabbus yoʻnalish yetakchisi;

-"Nihol" cholgʻu, maqom musiqiy ansambli;

- Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Munozara” klublari va “Ko’zmunchoq” teatr studiyasi va “Salus” volontyorlar guruhi samarali faoliyat olib bormoqda.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search