Magistratura bo’limi

Image

Bo‘lim boshlig‘i., t.f.d.(PhD)

Egamberdiev Kuvonchbek Kosimovich

1984 yil 8 aprelda Xazorasp tumanida tug‘ilgan.

2019 yildan xozirgi kungacha magistratura bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida magistratura mutaxassisliklari 2019 yil 19 iyundagi №PQ4359 sonli “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta‘lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan ilk bor ikkita mutaxassislik bo‘yicha Akusherlik va ginekologiya, terapiya (Ichki ksalliklar) bo‘yicha birinchi magistrlar qabul qilingan. Magistratura bo‘limi 2019 yil 28 avgustdagi filialning №1 sonli kengash qarori bilan tashkil qilingan. Magistratura mutaxassisliklari xozirgi kunga kelib filialda 12 ta mutaxassislik bo‘yicha 60 nafardan ortiq magistrlar tahsil olib kelmoqda. Shu kungacha Filialimizni 11 nafar magistrlar magistrlik dissertatsiyalarini ximoya qildilar va tugatdilar, bitiruvchilarimiz filialimiz va viloyatning markaziy kasalxonalarida ishlab kelmoqdalar. Oxirgi 2 yil davomida bizning magistrlarimiz 50 dan ortiq maqola va 90 dan ortiq tezislar chop etib ilmiy konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search