Image
This image for Image Layouts addon

TTA Urganch filiali Akademik litseyi

TTA Urganch filiali akademik liseyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 iyuldagi 131-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirining 2010 yil 2 iyuldagi 202-sonli buyrug‘iga asosan, Hazorasp tibbiyot kolleji negizida tashkil qilingan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 aprel №303-F sonli farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 21 aprel' № 362 va Sog‘liqni saqlash vazirining 2018 yil 2 maydagi №287-sonli buyrug‘iga asosan, Hazorasp tumanida joylashgan TTA Urganch filiali akademik liseyi 2018-2019 o‘quv yilidan (1-bosqichga o‘quvchilarni qabul qilish va ularning o‘quv jarayoni) Urganch shahar G‘.G‘ulom ko‘chasi 2-uy manzilda joylashgan Urganch neft' va gaz sanoat kasb-hunar kollejida faoliyatini davom qildirmoqda. 

 

Akademik lisey quvvati 528 o‘rinli, umumiy maydoni 13292,27 m2ni tashkil etadi. Shundan, foydali maydoni 4351,09 m2, bino maydoni 1576,48 m2dan iborat. 2020-2021 o‘quv yili davomida akademik liseyda 304 nafar o‘quvchi tahsil olib kelmoqda. Shundan 155 nafari birinchi bosqichda, 149 nafari 2-bosqichda. Akademik lisey o‘quv binosida 21 ta o‘quv xonalari: jumladan 1 ta kimyo, 1 ta fizika, 2 ta komp'yuter (informatika), 1 ta lingafon, 1 ta mul'timedia xonalari (ingliz tili), 120 ta o‘rinli sport zal mavjud. 

 

Ta'lim muassasasida 2020/2021 o‘quv yilida Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 304  nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. 1-bosqichda 6 ta guruh (1 ta rus), va 2-bosqichda 6 ta guruhi (1 ta rus)  mavjud. Ularga 22 nafar o‘qituvchilari ta'lim-tarbiya berishmoqda. Pedagoglarning barchasi oliy ma'lumotli. Shundan, 5 nafar bosh o‘qituvchi, 3 nafar yetakchi o‘qituvchi, 9 nafar katta o‘qituvchi hamda 5 nafar oliy ma'lumotli o‘qituvchi va 8 nafar o‘qituvchilar soatbay sifatida faoliyat yuritmoqda. 

 

2019-2020 o‘quv yilida Akademik liseyni 152 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, 110 nafari oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirgan. Shulardan 93 nafari mahalliy oliy ta'lim muassasalariga, 17 nafari esa xorijiy oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Akademik liseyning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 72,37 % ni tashkil etmoqda.

 

TTA Urganch filialining mavjud jami 25 ta kafedrasi hamda akademik liseyning 2 ta fan kafedrasi o‘rtasida 2019-2020 o‘quv yili uchun hamkorlik shartnomalari tuzilgan. TTA Urganch filiali professor-o‘quvchilari akademik liseyda o‘quv-metodik faoliyatni rivojlantirish, talaba yoshlarni zamonaviy intellektual bilim salohiyatlarini oshirish borasida hamkorlikda mahorat darsini o‘tkazilib kelinmoqda.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search