Sayt test rejimda ishlamoqda

Turkiya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan TTA Urganch filiali o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Y. Batirov hamda filial yurist-konsultanti G‘.P. Nurullayevlardan iborat delegatsiya 2022-yilning 11-may kuni Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida Istanbul Yeni YuzYil universitetiga tashrif buyurdilar.
     Tashrif davomida ushbu universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu universitet 2009-yilda tashkil topgan bo‘lib, universitetda 18 000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. “Tibbiyot”, “Stomatologiya”, “Sog‘liq bilimlari” fakultetlarida o‘qish jarayonlari zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu universitetda dunyoning 15 dan ortiq mamalakatlaridan xorijiy talabalar tahsil olmoqdalar. Universitet klinikasi eng yangi zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan to‘liq  jihozlangan.
     Tashrif davomida universitet rektori professor Yashar Xajisalixog‘lu, Bosh Ilmiy kotib Yakup Xayirliog‘lu, “Davolash” fakultetining dekani professor Demir Budaklar bilan uchrashuv tashkil qilindi hamda hamkorlik shartnomasi imzolandi.
TTA Urganch filiali professor-o‘qituvchilarining ushbu universitetda malaka oshirishlari, stajirovka o‘tashlari, talabalar akademik mobilligi, ushbu universitet professor-o‘qituvchilarining filialimizda o‘quv jarayonlariga jalb qilinishi,  qo‘shma dasturlar tashkil qilish masalalarida kelishib olindi.
      Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida xizmat safarida bo‘lib turgan TTA Urganch filiali delegatsiyasi kunning ikkinchi yarmida Istanbul Aydin Universitetiga tashrif buyurdilar.
      Ushbu universitet Turkiya Respublikasidagi eng nufuzli universitetlar sirasiga kiradi. Universitetda 17 ta fakultet da 40 000 dan, dunyoning 45 ta davlatlaridan esa, 6000 dan ziyod talabalar tahsil olishmoqda. Universitet 2003-yilda tashkil topgan bo‘lib, universitetda “Tibbiyot”, “Sog‘liq bilimlari”, “Stomatologiya”, “Hamshiralik ishi”, “Farmatsiya”, “Xalq tabobati” fakultetlarida ham dunyo standartlari asosida talabalarga bilim berilmoqda. Bizning delegatsiyasi dastlab, universitetning 9 qavatdan iborat yangi qurilgan kutubxonasida bo‘lib, u yerdagi talabalar, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Undan tashqari, TTA Urganch filiali rahbariyati universitet o‘quv binolari, klinikasi faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.
      Shundan so‘ng Istanbul Aydin universiteti rektori professor Yadigar Izmirli, “Davolash” fakultetining dekani professor O‘zgun Yenver, Malaka oshirish instituti direktori professor Ragup Kutay Karajalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
     Uchrashuv davomida TTA Urganch filiali va Istanbul Aydin universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. 
     Shartnomq asosan, TTA Urganch filiali professor-o‘qituvchilarining ushbu universitetda malaka oshirishlari, stajirovka o‘tashlari, talabalar akademik mobilligi, ushbu universitet professor-o‘qituvchilarining filialimizda o‘quv jarayonlariga jalb qilinishi, qo‘shma dasturlar tashkil qilish masalalarida kelishib olindi.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search