Sayt test rejimda ishlamoqda
Filial yangiliklari
- Yangiliklar
- Просмотров: 50
“Ogohlik xushyorlik davr talabi, ekstremizm, terrorizm” va “Missionerlik – daxshatli ofat” mavzularida fotoko‘rgazma hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri
2022-yil 12-may kuni Xudaybergan Devonov kinoteatrida “Ogohlik xushyorlik davr talabi, ekstremizm, terrorizm” va “Missionerlik – daxshatli ofat” mavzularida fotoko‘rgazma hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda filial talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi F.Fozilov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarov, bo‘lim uslubchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekani o‘rinbosarlari va tyutorlar va TTA Urganch filialida tahsil olayotgan turli millat vakillaridan bir guruh talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari M.R. Umurzakov ochib, so‘z navbatini O‘zbekistan Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi I.X. Latipovga berdi. I.X. Latipov ishtirokchilarga o‘z tabrik so‘zini yetkazdi. Shundan so‘ng, O‘zbekistan Musulmonlari idorasi viloyat vakili, viloyat bosh imomi X. Abdullayev “Ogohlik xushyorlik davr talabi, ekstremizm, terrorizm” va “Missionerlik – daxshatli ofat” mavzularida ma’ruza o‘qidi.
Tadbirning madaniy qismida TTA Urganch filialining qirg‘izistonlik talabalari o‘z musiqiy chiqishlari namoyish etib, milliy qirg‘iz raqslarini ijro etishdi.