Sayt test rejimda ishlamoqda
Filial yangiliklari
- Yangiliklar
- Просмотров: 36
Futbol bo‘yicha filial birinchiligi yakunlandi
Xabaringiz bor, 2022-yil 6-7 may kunlari TTA Urganch filialida filial rahbariyati Sport klubi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi hamda “Tillo Domor” xususiy korxonasi homiyligida futbol bo‘yicha filial birinchiligi o‘tkazildi.
Jamoalar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda filial O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.S. Yuldashev, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupov, barcha fakultetlar dekanlari va dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi va filial sport klubi a’zolari ishtirok etishdi.
Saralash bosqichidan yarim final bosqichida o‘zaro bellashgan “Turkmaniston” – “Davolash” hamda “Tibbiy profilaktika” – “Qo‘shma dastur” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv natijalari:
Turkmaniston – 0:1 – Davolash;
Tibbiy profilaktika – 1:1 – Qo‘shma dastur (Penaltilar bo‘yicha 2:3);
3-o‘rin uchun:
Turkmaniston – 3:0 – Qo‘shma dastur;
1 va 2-o‘rin uchun:
Davolash – 2:0 – Tibbiy profilaktika
Barcha o‘yinlar natijalariga ko‘ra, “Davolash” fakulteti 1-o‘rinni, “Tibbiy profilaktika” 2-o‘rinni, “Turkmaniston” jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.
Ushbu jamoalar filial rahbariyati va homiylar tomonidan 1-2-3 darajali Kuboklar va Diplomlar bilan taqdirlandilar.