Sayt test rejimda ishlamoqda

Image

Eshniyazov Jamshid Ataxanovich

Tel +998977915502
     +998622260267
Email: jamshideshniyazov7@gmail.com

Kengash kotibining lavozim vazifalari:

 

•        Har oyda o’tkaziladigan OTM Ilmiy kengash majlisining ish rejasi bo’yicha tegishli sohalar mas’ullariga qaror loyihalarini tayyorlash bo’yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish;

•        OTM ilmiy kengash a’zolarini ilmiy kengashda ishtirokini ta’minlash va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;

•        Ilmiy kengash qarorlari loyihasini mas’ullardan o’z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;

•        Ilmiy kengash qarorlari loyihasi rasmiylashtirilib, tayyor bo’lgach barcha kengash a’zolariga tarqatish;

•        Ilmiy kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;

•        Ilmiy kengash qarorlari loyihasini mas’ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og’zaki ravishda ilmiy kengash raisiga hisobot berish;

•        Ilmiy kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni ilmiy kengashning raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta’minlash;

•        Ilmiy kengash tasdig’idan o’tgan barcha OTM xujjatlarining bayonnomadan ko’chirmasini tasdiqlab berish;

•        Ilmiy kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko’rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni OAKga jo’natish;

•        Ilmiy kengash muhokamasidan o’tgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko’chirmani tasdiqlash;

•        Kafedra mudiri, professor va dotsent lavozimlariga kafedralar bo’yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo’li bilan tanlov o’tkazib, rasmiylashtirish;

•        Professor-o’qituvchilarning ilmiy ishlar ro’yxatini tasdiqlab berish;

•        Har o’quv yili oxirida ilmiy kengash bayonnomalarining yig’ma jildini arxivga topshirish;

•        Ilmiy kengash rejasi ilmiy kengash tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng OTM rektori tomonidan tasdiqlatish;

•        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati Qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o’zgartirishlar kiritish;

•        Ilmiy kengash yig’ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha xujjatlar monitoringini amalga oshirish.

 

Bilishi kerak:

OTM da ilmiy ishlarini olib borish bo’yicha normativ hujjatlar, vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini, oliy ta’limga oid qonuniyligini, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo’riq xatlarini bilishi, professor-o’qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibini bilishi.

 

Malaka talablari:

•        Oliy ta’limga oid qarorlarini, oliy o’quv yurtlari to’g’risidagi Nizomni, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo’riq xatlarini bilishi;

•        OTM ga, ilmiy kengashga, ilmiy unvon berishga taalluqli ko’rsatmalarini hamda rahbariy va me’yoriy hujjatlarini bilishi;

•        Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;

•        Professor-o’qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi zarur. 

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search