Sayt test rejimda ishlamoqda

Filial tarixi

11 Mart 1992

1

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-son qarori va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1992- yil  20-martdagi 171-sonli buyrug’iga asosan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filialini Xorazm viloyati O’rta malakali tibbiyot xodimlari  malakasini oshirish bilim yurti bazasida tashkil etildi.

11 Mart 1992

31 May 1995

2

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 31-mayda imzolagan Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi qaroriga asosan filial Urganch Davlat universiteti tarkibiga qo’shib yuborildi.

03 Iyun 1998

3

Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali 1998-yil 3-iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.

03 Iyun 1998

19 Iyul 2005

4

Toshkent tibbiyot akademiyasi (va uning Urganch  filiali) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 178-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

Filial tarixi

    Eski bino va inshootlar asosan ikkita hududda joylashgan bo’lib, bosh bino Urganch shahar Al-Xorazmiy ko’chasi 25-uy, Morfologiya binolar majmuasi Urganch shahar A.Navoiy ko’chasi 67 manzilda (7 ta bino) joylashgan.2 ta o’quv binosi, 2 ta yotoqxona, 1ta QVP moduli binosi, 1 ta oshxona va sport zali, 1 ta oldingi kutubxona binolaridan iborat edi.

    O’quv bino 1983-yilda qurilgan bo’lib, umumiy yer maydoni  4877,45 m2, foydali yer maydoni 3780 m2. Mazkur bino 2016-yilda mukammal ta’mirlanib, TTA Urganch filiali ixtiyoriga topshirilgan.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search