“Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur forumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi G.Marufova, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi O.Parpiboyeva, Din ishlari qoʻmitasi boʻlim boshligʻi F.Abduraxmonova hamda Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti direktor oʻrinbosari O.Musurmonova, psixolog Sh.Isakovalar maʼruza bilan ishtirok etib, yurtimizda qizlarga boʻlgan eʼtibor, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasi ustuvorlik qilayotgani, ayniqsa, taʼlim sohasidagi talaba-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va islohotlarga toʻxtalib oʻtdilar.
Mazkur forumda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Qoʻshma ta’lim dasturi fakulteti 2-bosqich talabasi R.Umida ham faol ishtirok etdi.