Tadbirda Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Alimov Elyorbek Narxanovich; Filial huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektori O‘ktamova Shohida Odilbek qizi, Pediatriya fakulteti 1-bosqich talabalari tyutorlari Z.K. Salayeva, N.M. Xayitbayeva, Pediatriya fakulteti 2-bosqich talabalari tyutori H.D. Abdullayeva hamda fakultet talaba – yoshlari qatnashishdi.
Tadbirda so‘z olganlar Giyohvandlik – inson umrining zavoli ekanligi yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” hamda “Giyohvandlik – yoshlar hayotiga xavf solayotgan jiddiy va global muammo” kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi.
Shuningdek, Respublika va Xorazm viloyati bo‘yicha sodir qilinayotgan jinoyatlar statistikasi hamda ularga ko‘rilayotgan qonuniy choralar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.Giyohvand vositalarining iste’moli yuzasidan Xorazm viloyatida bo‘lib turgan voqea-hodisalar hamda aniq misollar talabalar e’tiboriga havola etildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.