- Yangiliklar
- Просмотров: 413
Filialda “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
2022-yil 17-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Yurtimizga xush kelding Navro‘z” shiori ostida “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Unda hay’at a’zolari sifatida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi F.E.Atajanova, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Q.Xudayberganova, “Fiziologiya va patologik fiziologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi U.A.Qalandarova, filial bosh yuriskonsulti Gʻ.P.Nurullayev hamda direktor yordamchisi T.Ro‘zmetov qatnashdilar.
Ko‘rik-tanlovda qizlar uch shart bo‘yicha bellashdilar. 1-shart “Tanishtirish” deb nomlanib, ishtirokchi qizlar she’r, taqdimot va videorolik ko‘rinishida o‘zlarini va qiziqishlarini namoyon etishdi. 2-shart “Bahoriy salat tayyorlash” bo‘lib, bu shartda qizlarimiz belgilangan masalliqlardan bahoriy salat tayyorlashladilar.
3-shart “Erkin mavzu” sharti bo‘lib, qizlar o‘z iste’dodlarini ashula, raqs, she’r va sahna asarlari ko‘rinishida namoyish etdilar. Shartlar asosida o‘zaro qizg‘in bellashuv olib borgan qizlarimiz 3 ta o‘rin va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, 1-o‘rinni Qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti “Davolash ishi” yo‘nalishi 210-B guruh talabasi Qadamova Shaxribonu, 2-o‘rinni Pediatriya fakulteti “Pediatriya’ yo‘nalishi 152-A guruh talabasi Ibroximova Charos, 3-o‘rinni Davolash fakulteti “Davolash ishi” yo‘nalishi 201-B guruh talabasi Kamilova Dilrabo egalladilar. Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti “Tibbiy profilaktika” yo‘nalishi 116-B guruh talabasi Mariya Kazi “Eng pazanda qiz”, Stomatologiya fakulteti “Stomatologiya” yo‘nalishi 263-A guruh talabasi Yo‘ldoshboyeva Madinabonu “Eng iste’dodli qiz” va Pediatriya fakulteti “Pediatriya” yo‘nalishi 124-A guruh talabasi Bobajanova Yulduz “Eng nafosatli qiz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Ishtirokchilar diplom va faxriy yorlig‘ hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.