Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Izzat Sultonovich Yusupov talabalar bilan ochiq davra suhbati o‘tkazdi

Joriy yilning 20-iyun kuni TTA Urganch filiali Talabalar turar joyida Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Izzat Sultonovich Yusupov talabalar bilan ochiq davra suhbati o‘tkazdi.
Suhbat avvalida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganligi, yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, yoshlar har jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotganligi ta’kidlandi.
Davra suhbati 2 qismga bo‘lingan holda olib borildi.
1-qismda talabalarni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.
2-qismda I.S. Yusupov o‘zining hayotiy tajribalariga asoslangan holda talabalarga “Vaqtni boshqarish” haqida qisqa tavsiyalarini berib o‘tdi.
Ochiq muloqotda davomida berilgan savollarning barchasiga I.S. Yusupov tomonidan javob berildi hamda talabalarning takliflari hamda tashabbuslari bo‘yicha ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search