Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi davra suhbati

Joriy yilning 21-noyabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.v.b Rasulbek Karimov, Prezident ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari Sarvar Abdullayevlar mehmon sifatida ishtirok qildilar. Uchrashuvda maktab-internatning 10-11sinf o‘quvchilari va ustozlar ishtirok qildilar.

Davra suhbatini Prezident ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari Sarvar Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. S.Abdullayev o‘z nutqida bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o’tdi.

Rasulbek Karimov o‘z nutqida mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida o‘quvchilarga qiziqarli va foydali ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari u Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidagi yo‘nalishlar, u yerdagi sharoit va imkoniyatlar haqida ham to‘xtalib o’tdi.

Davra suhbati qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi va bu kabi davra suhbati hamda uchrashuvlar o‘quvchi-yoshlarda kelajakka ishonch, maqsadlar sari to‘g‘ri yo‘nalish olishda katta yordam berishi ta’kidlandi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search