Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i I. Ismailova Buyuk Britaniyaning Cambridge universitetida stajirovka o'tamoqda.
Hozirgacha u Cambridge universiteti nemis tili yo'nalishi professor-o'qituvchilari darslarini kuzatdi, asli angliyalik, shotlandiyalik bo'lgan Cambridge universiteti talabalariga nemis tilidan dars o'tdi va darslarda qo'llanilgan metodlar ilmiy-amaliy mohiyatini stajirovka rahbarlari bilan muhokama qildi.
Shuningdek, Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari nemis tili yo'nalishlari professorlari va Germaniyaning reytingi baland imlo va izohli lug'atlar nashriyoti (DUDEN) rahbari Kathrin-Kunkel Razum ishtirokida o'tkazilgan ilmiy konferensiyada qatnashdi.
Hozirda I.Ismailova "Nemis tili O'zbekistonda ilm-fan tili sifatida" mavzusi bo'yicha Prof. Ianthi Maria Tsimpli, Prof. Silke Mentchenlar bilan ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.