TTA Urganch filiali magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari yakuniy imtihonlarni topshirdilar

Joriy 2021-2022 o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali magistraturasini 2 mutaxassislik bo‘yicha 11 nafar bitiruvchilar yakunlamoqda.
Bitiruvchilar 13-iyun sanasidan 21-iyun sanasiga qadar belgilangan fanlardan bitiruv imtihonlarini topshirishdi. Jumladan, “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi” fanidan test imtihoni joriy yilning 13-iyun kuni Davlat attestatsiyasi komissiyasi raisi – PhD, UrDU O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi dotsenti v.b. Sh.B. Samanova raisligida bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislik fanidan joriy yilning 15-iyun kuni Yakuniy davlat attestatsiyasi test bosqichi, 17-iyun kuni og‘zaki bosqichi Davlat attestatsiyasi komissiyasi raisi –Buxoro tibbiyot instituti “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi mudiri t.f.d., professor G.A. Ixtiyarova raisligida bo‘lib o‘tdi.
21-iyun kuni Yakuniy davlat attestatsiyasining so‘nggi bosqichi – magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertasiyalari rasmiy himoyasi Davlat attestatsiyasi komissiyasi raisi –Buxoro tibbiyot instituti “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi mudiri t.f.d., professor, G.A. Ixtiyarova raisligida muvaffaqiyatli yakunlandi.
Unda TTA Urganch filiali direktori ham ishtirok etib, magistrlik dissertasiyalari rasmiy himoyasini ochib berdi va barcha bitiruvchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search