Shveytsariyalik professor Attila Luiz Mayor bilan hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 21-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi t.f.n., dotsenti Q. Jumaniyozov hamrohligida Shveytsariya Friburg Kontanal gospitali professori, Jenava “Femina” klinikasi direktori Attila Luiz Mayor bilan uchrashdi.
Uchrashuvda R.Y. Ruzibayev Atilla Luiz Mayorga 2022-yil 7-iyun sanasidan 11-iyun sanasiga qadar filial talabalariga, ordinator va magistrlariga ma’ruza o‘qiganligi, amaliyot daraslarini o‘tganligi va master klasslar qilib turli murakkab jarrohlik amaliyotlarini ko‘rsatganligi uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. Mustahkamlanib borayotgan hamkorlik aloqalarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Kelgusida O‘zbekiston, Shveytsariya hamda Rossiyalik shifokorlar ishtirokida viloyatda bachadon bo‘yni rakini oldini olish bo‘yicha ilmiy izlanish olib borilishiga kelishildi. Ilmiy izlanish 150 nafar tug‘ish yoshidagi ayollarda filial xodimlari G.J. Matrizayeva, K.A. Jumaniyazov, Sh. Yusupovalar hamda viloyat onkologiya dispanseri (T.M. Palvanov) “Sarvinoz med servis” klinikasi
(G.V. Tuychiyeva) tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Ushbu ilmiy izlanish joriy yilning iyul oyida boshlanashi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, joriy yilning 29-iyun sanasi Amerika Qo‘shma Shtatlaridan reproduktolog Pressli Axamed va Inger Britt “InovoBioScience” hamda professor Atilla Mayor ishtirokida TTA Urganch filialda “O‘zbekistonda yangi arzon va qulay IVF texnologiyalarini joriy qilish” yuzasidan seminar-trening o‘tkazishga kelishildi.
Seminarda “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrlar, talabalar va amaliyotdagi akusher ginekologlar ishtiroki kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda professor Atella Mayor filial “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasida shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search