Respublikamizda joriy yilning 18-mart kuni umumxalq xayriya hashari sifatida e’lon qilindi. Hashar mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigienik madaniyatni targ’ib qilish, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.
Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari doirasida filial hududida hashar o‘tkazildi. Hashar davomida bino atrofidagi bog‘lar va maydonchalar tozalanib, tartibga keltirildi.
Shuningdek, gul ko‘chatlarini, manzarali va mevali daraxtlarni o‘tqazish, yerlarni yumshatish, butash va sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, filial hududi chiqindilardan tozalanib va daraxtlarni oqlash ishlari bajarildi.