Bugun "Innoweek.Uz-2023" innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan nodavlat taʼlim muassasasi "Maʼmun" universitetida "Kreativ taʼlim va innovatsiyalar-Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi" shiori ostida "Innovatsion loyihalar" va "Startup loyihalar taqdimoti" boʻlib oʻtdi. Taqdimotga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, iqtidorli talabalar va koordinatorlar tashrif buyurib, oʻz startup loyihalarini namoyish etishdi.
"Maʼmun" universiteti rahbariyati tomonidan TTA Urganch filiali maʼmuriyati va boshlangʻich tashkiloti yetakchisi F.I.Roʻzimatovga tashakkurnoma, hamda iqtidorli talabalarga oʻz sovgʻalarini topshirishdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati