Joriy yilning 20-yanvar kuni TTA Urganch filiali “Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar” fakulteti 351-B guruh talabasi Amonov Zarshed Jamshed o‘g‘li Samarqand shahridagi "SCIENCE BOX" ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan “Ilmiy tadqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdi.
Mazkur anjumanda Amonov Zarshid fan va innovatsiyalarni rivojlanishi yo‘lida, ilm fan sohasidagi yutuqlar zamonamizning harakatlantiruvchi yo‘nalishi ekanligini alohida e’tirof etib, ilm-fan sohasida qo‘shgan ulkan hissalari uchun diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati