HINDISTONLIK VA POKISTONLIK ILK XORIJLIK BITIRUVCHILARIGA DIPLOM TOPSHIRILDI

Xabaringiz bor, TTA Urganch filialida Hindiston, Pokiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, AQSH, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston, Shri Lanka, Bangladesh kabi davlatlardan 600 dan ortiq talabalar ta’lim olib kelmoqda.

2022-yil 16 sentabr kuni aynan shu xorijlik talabalar orasidan Hindistonlik va Pokistonlik 9 nafar ilk bitiruvchi talabalar Davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘ldi. 2021/2022 o‘quv yili xorijlik bitiruvchilarining diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim tashkil etildi. Unda filial rahbar hodimlari, professor-o‘qituvchilar, xorijlik va mahalliy talabalar hamda Korea respublikasi CHA universiteti “Tibbiyot” fakulteti dekani, professor Kim Jong Woo va Serena Chang ishtirok etdi. Unda filial rahbar hodimlari, professor-o‘qituvchilar, xorijlik va mahalliy talabalar hamda Korea respublikasi CHA universiteti “Tibbiyot” fakulteti dekani, professor Kim Jong Woo va Serena Chang ishtirok etdi. Tadbir ochilishida TTA Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev kirish so‘zida xorij davlatlaridan kelib tahsil olayotgan ilk bitiruvchilar katta hayotga qadam qo‘yayotganligini ta’kidlab, ularning har biri qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar tibbiyot rivojiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildirdi. Shundan so‘ng, direktor tomonidan xorijlik bitiruvchi bakalavrlarga diplomlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, barcha bitiruvchilar diplomlarni xayojon ila qo‘llariga olishdi. Esdalik uchun rasmga tushishdi. Tadbir yakunida mahalliy va xorijlik talabalarning badiiy chiqishlari namoyish qilindi. TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search