Futzal turi bo‘yicha fakultet chempionati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Pediatriya fakulteti tashabbuskorligida filial “Sport klubi” bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talaba – yoshlari o‘rtasida Sportning “Futzal” turi bo‘yicha fakultet chempionati bo’lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Pediatriya fakulteti dekani Sapayeva Sharofat Aminovna tomonidan 1-o‘ringa 200 000 so‘m, 2 va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan har bir jamoalarga 100 000 so‘mdan pul mukofotlari qo‘yildi.

Keskin murosasiz kechgan mazkur musobaqada 1-o‘rinni Pediatriya fakultetining 2-bosqich talabalaridan iborat “Akademiya” jamoasi I darajali diplom hamda 200 000 so‘m, 2-o‘rinni filial talabalar teatr studiyasi a’zolaridan iborat “Jur‘at” jamoasi II darajali diplom hamda 100 000 so‘m, 3-o‘rinni Pediatriya fakultetining “Xalq tabobati” jamoasi III darajali diplom hamda 100 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, Pediatriya fakulteti chempionatida 70 dan ortiq talabalar orasidan eng zo‘r o‘yin namoyish etgan filial talabasi Bo‘ronov Muzaffar Mahmud o‘g‘li “Eng yaxshi futbolchi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search