O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbus doirasida ta’til vaqtida talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida TTA Urganch filialining “Davolash” fakulteti tomonidan futzal bo‘yicha chempionat tashkil qilindi.
Mazkur musobaqani filialining “Davolash” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.N. Jumaniyozov ochib berdi va har bir guruhga omad tiladi. Filial Sport targ’ibotchisi D.SH.Sapayev musobaqada hakamlik qildi.
Guruhlar aro shiddatli tarzda kechgan o‘yinlarda 1- o‘rinni “Akademiya” jamoasi qo‘lga kiritdi hamda pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi. 2 va 3- o‘rin egalariga faxrli diplomlar topshirildi.