Diqqat e’lon!

"9-dekabr­ Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida talabalar o‘rtasida "Bizning muassasa korrupsiyadan xoli" shiori ostida rasmlar va videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.  Tanlov 22-noyabrdan 3-dekabrgacha davom etadi. Filial tyutorlari tanlovda ishtirok etadigan talabalarning har bir yo‘nalishdagi 3 tadan eng yaxshi ijodiy materiallarini Korrupsiyaga qarshi kurashish "Kompleans nazorat" tizimini boshqarish bo'limiga 2022 -yilning 3-dekabr kuniga qadar taqdim etishlari lozim. Materiallar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi va har bir yo‘nalishdagi 1, 2, 3 - o'rinlar filial tomonidan belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search