“9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati

suhbati

2022-yil 21 sentabr kuni TTA Urganch filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat”tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan “9 – dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Yoshlar bilan ishlash ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘limi xodimi U.O.Karimov, fakultet dekani o‘rinbosarlari, tyutorlar, jamoatchilik kengashi raisi, filial psixologi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Yoshlar yetakchisi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan joriy yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshilrilayotgan chora tadbirlar va kompleks faoliyatning borishi, bu boradagi yutuq va kamchiliklar, shuningdek tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

         Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.B. Jumaniyozov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qabul qilinga me’yoriy xujjatlar haqida yana bir bor tushuncha berib, respublikamizdagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi olib borilayotgan islohotlar, TTA UFdagi ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

         Davra suhbati davomida ko‘plab fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, 9 - dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag‘ishlab amalga oshirilayotgan tadbirlar belgilab olindi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar mavzu borasidagi o‘z qiziqishlari yuzasidan savollar hamda takliflar bilan mas’ullarga murojaat qilishdi.  

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search