Umumiy ma'lumot

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining ta’lim sifati sohasidagi ustuvor maqsadi – ta’limning ichki va tashqi bozorlarida ilmiy, innovatsion faoliyatning yuqori raqobatbardoshligini ta’minlashdir.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ta’lim siyosatining ustuvor vazifasi – sifatli ta’lim berishning asosini yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi, sog‘liqni saqlash sohasida mahalliy va xalqaro mehnat bozorlarida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda sohaviy ilmiy va innovatsion loyihalarni, yuqori texnologiyali ilmiy intensiv tibbiy yordamni amalga oshirish, sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari uchun yangi diagnostika va davolash texnologiyalarini ishlab chiqish; shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondirish uchun ta’lim va fan sohasidagi yangiliklarning samarali tatbiq etilishini ta’minlashdir.


TTA Urganch filiali fakultetlari va kafedralari tuzilmasi:

- fakultetlar soni – 5

- kafedralar soni - 28

Fakultetlar nomi.

 -Davolash ishi;

 -Pediatriya ishi;

 -Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar;

 -Qo‘shma dastur;

 - Stomatologiya.


TTA Urganch filiali fakultetlariga qarashli yo‘nalishlar tuzilmasi

Davolash fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

  1. Davolash ishi
  2. Oliy hamshiralik ishi
  3. Xalq tabobati

Pediatriya fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

  1. Pediatriya ishi
  2. Kasbiy ta’lim (davolash ishi) yo‘nalishi

Tibbiy profilaktika Sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

  1. Tibbiy profilaktika ishi

Qo‘shma dastur fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

  1. Qozon federal universitetining “Tibbiy biologiya ishi”
  2. Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining “Davolash ishi”
  3. Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining “Farmatsiya ishi”

Stomatologiya fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

  1. Stomatologiya ishi


Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari – 49 ta

Magistratura ta’lim yo‘nalishi –11;

Klinik ordinatura ta’lim yo‘nalishi – 28;

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – 10;

Talabalar kontingenti.

Bakalavriat – 3000 ga yaqin

Magistratura – 61 nafar

Klinik ordinatura – 149 nafar


Professor-o‘qituvchilar tarkibi.

Asosiy shtatda – 277 nafar professor-o‘qituvchilar.

- 4 nafar professorlar;

- 7 nafar fan doktorlari;

- 25 nafar dotsentlar;

- 27 nafar fan nomzodlari;

- 41 nafar PhD;

- 56 katta o‘qituvchilar;

- 117 nafar assistentlar.


TTA Urganch filiali moddiy-texnik bazasi.

Bosh binoning umumiy sig‘imi – 1400 nafar talabaga mo‘ljallangan. Jami 85 ta o‘quv auditoriyalari mavjud bo‘lib, shulardan:   

o‘quv xonalar soni –55 ta;

ma’ruza xonalari – 16 ta;

Laboratoriya xonalari – 6 ta;

Lingafon xonalari – 6 ta;

Kompyuter xonalari – 2 ta;

Talabalar turar joylari soni – 1 ta, umumiy quvvati 304 o‘rin;

Talabalar uchun ovqatlanish majmualari: Oshxonalar 1 ta, bufetlar soni 1 ta (jami 200 ta o‘ringa ega);

Sport majmualari: yopiq trenajor zali 1 ta, ochiq sport maydonchalari soni 2 ta.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search